Asosiy mavzular
19 august 2025

Islom tsivilizatsiya markazida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahrida qurilayotgan Hasti Imom majmuasida joylashgan Islom tsivilizatsiya markazi binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVVvazirligiga ko‘ra, 19 avgust kuni  soat 11 larda Toshkent shahar Olmazor tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom tsivilizatsiya markazi hududida  yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shu kuni Buxoro shahridagi tarixiy Minorai Kalon imorati yaqinidagi oshxonada ham yong‘in sodir bo‘lgan. Alanga 1 soat davomida o‘chirilgan. Tan jarohati olganlar haqida ma'lumot yo‘q. Minorai Kalonga shikast yetmagani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Xasti Imomdagi yong‘in markaz binosining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish paytida  texnologik jarayonning buzilishi oqibatida kelib chiqqan. Yong‘in manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga etib borgan yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan o‘rab olingan va soat 11.34 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida odamlar jabrlanmagani va binoning ichki qismiga zarar yetmagani aytilmoqda. Yong‘in oqibatida binoning tom qismida 19 kvadrat metr maydondagi qoplama materiallari yonib ketgan.

Ma'lumot uchun, 2019 yilda ham ushbu markazda yong‘in kelib chiqqan edi.

Eltuz kun davomida O‘zbekistonda yuz berayotgan oid voqea va hodisalarni yoritishda davom etadi. Kanalga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
10 august 2018
Bugun Eltuz.com nashri O‘zbekistondagi korruptsion boshqaruv tizimini aks ettirgan rassom Elsevarning yangi hajviy suratini aqdim etadi. Bu kleptokratik inshootdan ...
5 february 2019
Bir vaqtlar qadimiy Rim saltanatining targ‘ibot-tashviqotchilari sifatida voizlar va faylasuflar imperiyaning ravnaq topishida katta hissa qo‘shgan. Aristotel va Suqrotning, ...
17 december 2021
Rassom Tuz pivo quchoqlagan ayol karikaturasini chizib tarmoqqa qo‘ydi. “Rasmga izoh yozing. Eng yaxshi izohlar «Eltuz»da nashr etiladi”. Javoblar ...
3 may 2022
Andijonning Qo‘rg‘ontepa tumani buyum bozori viloyatning boshqa bozorlariga nisbatan ancha hamyonbop va gavjum. Shu bois, yo‘li uzoq bo‘lsa-da, boshqa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...