Asosiy mavzular
21 august 2025

«ANORBANK» BOSh MASLAHATChISI MILLIARDLAB MABLAG‘ TALON-TOROJIDA AYBLANMOQDA

Toshkent shahrida «SREDIT HOUSE» va «INFIN STROY INVEST» mas'uliyati cheklangan jamiyatlari jami 1,3 trillion so‘mlik investitsiyalari talon-toroj qilgani fosh etildi. Firibgarlik sxemasi boshida «Anorbank» AJning bosh maslahatchisi Baxtiyor Amzaev turibdi. Ish yuzasidan dastlabki tergov xulosasi 8 avgustda e'lon qilingan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, firibgarlik ikki bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi bosqichda, Dmitriy Bajenov ismli shaxs 2018 yil 3 dekabrda «CREDIT HOUSE» MChJni tashkil etib, uning norasmiy rahbariga aylanadi.

Dmitriy Bajenov uyushgan jinoiy guruh tarkibida «Anorbank» xodimi Baxtiyor Amzaev bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatadi. Bajenov, Amzaev va bizga ismi noma'lum boshqa shaxslar bir jinoiy to‘da bo‘lib Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy quruvchi kompaniyalar va mijozlar orasida taglik dallol vazifasini o‘taydi. 

Jinoiy to‘da tashkil etgan «CREDIT HOUSE» jami 826 nafar mijoz bilan umumiy qiymati 401 milliard so‘m bo‘lgan uy-joy investitsiya shartnomalarini tuzdi. Firma mijozlarga uylarni imtiyozli narxda takdim etish va'dasi bilan ulardan boshlang‘ich to‘lov sifatida jami 224,7 milliard so‘m undirgan.

Keyin, ushbu mablag‘ning faqatgina 103,2 milliard so‘mini haqiqiy quruvchi korxonalarga o‘tkazib, qolgan 121,5 milliard so‘m (taxminan 10 million dollar) mikdoridagi asosiy qismini o‘zlashtirib, talon-toroj qilishgan.

Natijada, «CREDIT HOUSE» firmasiga ishongan ko‘plab oilalar pul va uysiz qoldi.

2020 yilga kelib Bajenov «INFIN STROY INVEST» MChJga asos solib, ushbu firmaga ham norasmiy rahbarlik qila boshlaydi. Ushbu kompaniya orqali yana 27 ta quruvchi tashkilot bilan 726,9 milliard so‘mlik shartnomalar tuzib va 1142 nafar mijozdan yangi to‘lovlar to‘plangan.

«Anorbank» AJning bosh maslihatchisi Baxtiyar Amzaevning ushbu sxemada eng asosiy vazifani bajargan. O‘z mansabini suiste'mol qilgan Amzaev, «Anorbank» obro‘si, ishonchliligi va mustahkamligi haqida gapirib mijozlar ishonchini qozongan. Bank xodimining ishtiroki barcha jarayonlarga rasmiy tus berib, firma haqidagi har qanday shubha-gumonni nari qilgan. 

Tergov departamentining 2025 yil 8 avgustdagi qaroriga ko‘ra, Amzaev Baxtiyarga nisbatan olingan «garov» chorasi yetarli emas deb topilib, chunki u yangi jinoyatlar sodir etishi mumkinligi va yetkazgan zarari juda kattaligi sababli, garov o‘rniga «qamokqa olish» to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborildi.

Firibgarlik sababli 2000 nafarga yaqin oila uy uchun yig‘ilgan mablag‘i va vaqtini yo‘qotdi. Demak, qurilish sohasidagi tranzaktsiyalar va investitsiyalar, xususiy firmalar faoliyatini yanada izchil nazorat qilish mexanizmlarini yaratish zarur.

 Hozir tergov davom etmoqda – jabrlanganlar jinoiy to‘daning boshqa a'zolari ham javobgarlikka tortilishidan umidvor.

Tag‘in o‘qing
13 september 2018
Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 12 centyabr kuni sobiq O‘zbekiston bosh prokurori 66 yashar Rashid Qodirov ...
15 january 2024
Prezident Mirziyoev 12 yanvar kuni Havfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida o‘zbek mediyasi uchun milliy kontent yaratish zarurati haqida gapirdi. «Biz O‘zbekiston ...
2 december 2025
Andijon tumani 35-maktab atrofida 30 noyabr kuni Eltuzda e'lon qilingan shikoyatdan so‘ng vaziyat yanada og‘irlashdi. O‘qituvchilar Eltuzga ikkinchi murojaat ...
1 july 2019
O‘zbekistonda hokimiyat organlarining axborot makonini vertikal nazorat qilishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa axborotning yagona markazdan turib boshqarilishini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...