Asosiy mavzular
22 august 2025

Samarqand aeroportida yong‘in yuz berdi

2025 yil 19 avgust kuni Samarqand xalqaro aeroporti hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa Prezident terminali oldida, meteorologik uskuna yaqinida elektr montaj ishlari paytida ro‘y bergan.

Aeroport direktori Shodibek Qo‘chqorovning Prezident tashrifi uchun shoshma-shoshar tayyorgarligi bu falokatga olib kelgani aytilmoqda. Elektr xizmati xodimlari necha bor xavf haqida og‘zaki ogohlantirganiga qaramay, qurigan o‘t-o‘lan ustida burchakli elektr arra (bolgarka) ishlatilgan. 

Haroratdan chiqqan uchqun alangalanib, olov «Bravo» maydonidan «Charli» tomonga qadar — taxminan 600 metrga tarqalgan.

Guvohlarga ko‘ra, voqea joyida parvoz xavfsizligi inspektori Umid Rahmatullaev ham bo‘lgan. Ammo yong‘in o‘chirish kechikqani uchun infratuzilmaga katta moddiy zarar yetgan.

Aeroport direktori olovni o‘chirishga jalb qilingan ishchilar va o‘t o‘chiruvchilarning telefonlarini yig‘ib olib, hodisaning rasmga olinishiga yo‘l qo‘ymagan, deydi Eltuz insayderi. Uning bildirishicha bu nafaqat xodimlar va yo‘lovchilar hayotiga tahdid soldi, balki butun aeroport xavfsizligini izdan chiqardi.

Endi esa direktor o‘zini oqlash uchun hamma aybni oddiy ishchi — Zafar Gapirov zimmasiga ag‘dargani aytilmoqda.

Eltuz manbasiga ko‘ra, shu holatdan so‘ng Prezidentga shikoyat arizasi yuborilgan. Arizada Shodibek Qo‘chqorovning noqonuniy harakatlari, xavfsizlik qoidalariga rioya etmagani va aeroportdagi beqaror boshqaruvi keskin qoralangan.

Samarqand aeroportidagi xavfsizlik qoidalarini buzgan rahbar jazolanadimi yoki odatdagidek «chiroyli hisobotlar» fonida ayblar yuvilib ketadimi?

Eltuz O‘zbekistonda yuz berayotgan voqea va hodisalarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
29 december 2025
Muqaddam butun ittifoq kinochilari uchun institut bo‘lgan, hozirda Rossiya san'atini namoyon qilishi ko‘zda tutilgan oliygoh mutlaqo yot g‘oyalrni targ‘ib ...
8 january 2021
Navoiyda fan olimpiadasiga borishda avtohalokatga uchragan o‘quvchi va o‘qituvchi 7 yanvar kunida ham jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ular 5 yanvar kuni ...
19 march 2016
“Milliy tiklanish” gazetasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bu saylovda ishtirok etishga rag‘bat ko‘rsatmaganini yoki unga faol bo‘lishga ...
20 august 2025
O‘tgan olti oyda salohiyatli xorijiy ish beruvchilar, rekruting agentliklari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan 366 dan ortiq muzokaralar o‘tkazilib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...