Asosiy mavzular
3 september 2025

O‘zbekiston TIV Rossiyaga yana bir nota yubordi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi avgust oyida Rossiyada o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisi bilan bog‘liq holat ortidan Rossiya TIVga nota yubordi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot kotibi Ahror Burxonov.

Qayd etilishicha, notada mazkur videodagi shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Avgust oyining oxirlarida tarmoqda tarqalgan videoda asabiy rus millatchisining o‘zbek migranti shaxsini haqoratlab, bosim o‘tkazayotgani aks etgan edi.

«Hurmatli vatandoshlar, sizlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat'iy nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi», — deyiladi vazirlik xabarda.

«Sen bomjsan, qaerga kelganingni bilasanmi o‘zi. Sen bu yerga ishlagani kelgansan. Ishla chakagingni ochmasdan. Sen qulsan, ruslarning qulisan» deya kurakda turmaydigan haqoratlar yomg‘irini yog‘diradi rus millatchisi boshini ko‘tarishga ham jur'ati yetmayotgan o‘zbek migrantiga. 

«Yo men noto‘g‘ri aytayapmanmi, O‘zbekistonda to‘toq ham yo‘qligi uchun bu yerga kelgansan» deydi va unga javoban migrant o‘zbek to‘g‘ri aytayapsiz, deya uning gapini ma'qullaydi. 

Bundan ilgari joriy yilning 10 iyunida ham O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasiga diplomatik nota yo‘llab, Rossiya hududida o‘zbekistonlik muhojirlarga nisbatan qo‘pol va hurmatsiz muomalalar bo‘yicha qat'iy e'tiroz bildirgan edi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Rossiyada ayrim holatlarda o‘zbekistonlik fuqarolar ruxsatsiz tekshiruvlar va kuch ishlatish kabi xatti-harakatlarga duch kelmoqda. TIV bu holatlarni jiddiy tashvish bilan qayd etar ekan, bunday harakatlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga mutlaqo zid ekanini ta'kidladi.

“Barcha fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmati himoya qilinishi, inson huquqlari va xalqaro huquq normalariga rioya etilishi shart”, — deya bildirilgan edi vazirlik bayonotida.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga topshirilgan notada quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Rossiya hududida ayrim zobitlar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga kuch ishlatish holatlari;

Bu holatlar inson huquqlarining yaqqol buzilishi ekanligi;

Voqealarga huquqiy baho berish zarurligi.

TIV ushbu masalani doimiy nazoratda ushlab turishi va kerak bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan edi.

O‘tgan qisqa davr Rossiyadagi O‘zbekistonlik migrantlarga ta'qib va bosimlar ortgani kuzatildi. Xususan o‘tgan oyning boshida Sankt Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlar avvaliga taksi xizmati bilan shug‘ullanish, keyinchalik esa ruslarga ovqat yetkazib berish, kur'erlik xizmatlari bilan shug‘ullanishdan mahrum qilindi. 

Eltuz Rossiyadagi Millatchilik va bunga  O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi munosabatiga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
25 december 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim G‘afurovlarning «She'ringizni tushuntirib bering» ...
10 january 2022
Inson huquqlari himoyachisi Umida Niyozova uzoq yillik hijratdan so‘ng vataniga qilgan safari va yangi voqeliklardan olgan taassurotlari haqida O‘zbekistonda ...
18 september 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Shvetsiyada yashovchi o‘zbek faoli Do‘stnazar Xudoynazarov «Eltuz» muxlislari uchun butun qo‘y go‘shti boldiridan dimlama qanday ...
20 march 2020
18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...