Asosiy mavzular
5 september 2025

Qo‘rg‘ontepalik narkofurushlar qo‘lga olindi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1984–1991 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 6 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg gashish moddasini 15.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib dastlab 1950 AQSh dollarini boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib berishayudi.

O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldirdi.

Qo‘rg‘ontepalik og‘ufurushlardan biri esa ushbu zahri qotilni olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Jinoiy guruhning qolgan 5 nafar a'zosi ham protsessual tartibda qo‘lga olingan. 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu gashish giyohvandlik vositasining sof og‘irligi  qariyb 2 kg (1 kg 954 gr) ekanligi aniqlandi. Hozirda jinoiy guruhga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tag‘in o‘qing
7 december 2017
Karimov rejimi hosilasi bo‘lgan “jurnalist” Sherzod Qudratxo‘jaev matbuotdagi chiqishida o‘zbeklarni “benzin qimmatlasa, dod-voy soladigan arzon odamlar”, deb atadi. U ...
27 september 2016
Joriy yilning 7 oktyabrida Toshkentda ochilishi kutilgan Zamonaviy san'at Biennalesi qoldirilgani haqida rasmiy bo‘lmagan xabarlar urchidi. Bu yilgi Biennale ...
30 march 2016
30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 ...
20 january 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni imzoladi. Yo‘lbars¸ fil¸ jirafa¸ ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...