Asosiy mavzular
8 september 2025

Turkiyada o‘nlab o‘zbek fohishalari qo‘lga olindi

Turkiyaning Bo‘lu, Alaniya va Trabzon viloyatlarida xavfszilik kuchlari o‘tkazgan amaliëtda o‘nlab o‘zbek fohishalari qo‘lga olindi.  Ta'til mavsumi bois tanfurushlar ishi jadallashgan.

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bo‘lu viloyati xavfsizlik xizmati o‘tkazgan tadbir davomida 6 nafar o‘zbekiston vatandoshi pul evaziga seks xizmati ko‘rsatayotgan paytda qo‘lga olingan.

O‘zbekiston vatandoshlari teri-tanosil kasalliklari dispanserida tekshiruvdan o‘tkazildi. Jarima va deportatsiya qilinadiganlar hibsxonasiga joylashtirildi. Ular o‘z vatanlariga chiqarib yuborilgach, besh yil davomida Turkiyaga qaytib kela olmaydilar, – dedi turk rasmiysi.

Unga ko‘ra, o‘zbek fohishalari Qorachayir mahallasidagi bir parkda jinsiy aloqa uchun pul olaëtgan paytda qo‘lga olingan. Turkiyanig Alaniya va Trabzon kabi viloyatlarida ham o‘zbek fohishalari qo‘lga olingan.

Alaniya xavfsizlik xizmati zobitining aytishicha¸ ular orasida «fohishalik qilgani uchun Turkiyadan chiqarib yuborilgan, ammo aylanma yo‘llar orqali yana Turkiyaga qaytib, yana tanfurushlikni boshlab yuborganlar bor».

Pul evaziga seks qilaëtgan paytida ushlanganlarning qo‘lida o‘zbek pasportlari bor.

Jinsiy aloqaga majburlangan 30 yashar aël ning aytishicha, afg‘onistonlik o‘zbek erkaklari ish topib beramiz, deb aldab, bir xonaga qamab, guruh bo‘lib zo‘rlashgan.

Ish izlab keluvdim. Ish beruvchilarning hammasi «agar men bilan ëtsang, ishga olaman,» degan tagdor gap qilardi. Yashirib nima qilay, o‘shanaqa patronlar bilan dam olgan paytim ham bo‘ldi. Ammo afg‘onistonlik o‘zbeklar meni aldab o‘sha ishni qildi. Politsiyaga aytsam, bu yerda yashash uchun 90 kunlik muddating o‘tib ketibdi, deb meni o‘zimni qamab qo‘yadi. Jabrlanib qolganim bir alam qilsa o‘z millatdoshim zo‘rlagani yana bir alam deydi, – dedi u.

Ehtiëj yaratgan talab 

O‘z istagi bilan Turkiyaga borib qisqa muddat fohishalik qilishga ruhan tayër bo‘lgan 27 yashar toshkentlik qizning gapi :

Otam tashlab ketkan¸ onam o‘lgan. Bittayu bitta akam xotinchasini gapi bilan meni uydan haydab yubordi. Sen kambag‘alsan deb, erim ham haydab yuborgan. Yetti yashar o‘g‘lim bilan ijarama-ijara yuribman. Enagalik, supur-sidir qilib pul topaman. Seni nikohimga olaman savob uchun deb, aldab bir kecha hirsini qondirib, ketganlar bilan ham yuzlashdim. Men unaqa ëmon qiz emasman¸ lekin sharoit meni majbur qilyapti. Mendan ham badro‘y qizlar Dubayga borib pul topib kelyapti. Menam boraman, o‘sha Turkiyasiga. Lekin kvartiraga pul ishlab bo‘lib bu ishni to‘xtataman. Iloji bo‘lsa halol mehnat qilaman, – dedi u.

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbek qiz-juvonlarini fohishalikka majburlagan tarmoqning 35 yashar o‘zbekistonlik qo‘shmachi to‘daboshisi o‘tgan yili qo‘lga olingan edi.

Keyingi bir necha yil davomida Hindiston, Tailand, BAA, Malayziya va Turkiya davlatlari politsiya idoralari o‘zbekistonlik fohishalar bilan bog‘liq yuzlab holat borasida taftish o‘tkazgan.

Tag‘in o‘qing
1 october 2021
Aziz va mukarram, har biri duru javohirlar kabi qadrlilarim. Mabodo xafa bo‘lib, g‘am-g‘ussaga botgan, ishingiz yurishmagan bo‘lsa, boshlagan ishingizdan ...
3 january 2017
Qorasuvlik Yaxë Mashrabov Bishkekka uchib keldi, uni so‘roq qilgan qirg‘iz rasmiylari Mashrabovning terrorga aloqasi yo‘qligini aytishdi. Qirg‘izistonlik bundan ilgari ...
16 december 2019
O‘zbekistonda 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylov talqini rassom Tuzning yangi karikaturasida. Eltuz.com
30 september 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.MS. Tuz og‘a, sizam shu tarmoqda dim ko‘p ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...