Asosiy mavzular
18 september 2025

Muhtojlar haqini yegan Sariosiyolik raxbar qo‘lga olindi

15 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Inson ijtimoiy xizmatlari bo‘limi ijtimoiy to‘lovlar sho‘'basi rahbari Nurullo Durmanov 2 ming AQSh dollari pora bilan qo‘lga olindi. Huquq-tartibot organlari tomonidan uning arizasi rasman olindi.

Ordan bir kun o‘tib, 16 sentyabr kuni u egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu holat ijtimoiy xizmatlar tizimida yillar davomida yo‘l qo‘yib kelinayotgan suiste'mollar va nazoratsizlikning yana bir yorqin misoli bo‘ldi.

104 million so‘mlik kamomaddan poraxo‘rlikkacha

5 oy avval ham shu bo‘lim faoliyatida 104 million so‘mlik kamomad aniqlangan edi. Biroq Surxondaryo viloyati Inson ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi rahbari Muxiddin Togaev bu holatga ko‘z yumib, mas'ullarni qo‘llab kelgani jamoatchilik orasida katta norozilik uyg‘otgan.

Muhtojlarning haqqi yeyilmoqda

Ijtimoiy to‘lovlar haqiqiy muhtoj oilalarga qo‘llab-quvvatlov bo‘lishi kerak edi. Ammo Durmanov va uning atrofidagilar ayrim to‘q oilalarning mulkini «0» qilib ko‘rsatib, soxta hujjat tayyorlab, haqiqiy ehtiyojmandlarni orqada qoldirib kelgani fosh etilmoqda.

Uning sheriklari sifatida tilga olinayotgan Xasan Hujamqulov va Yoqub Rahimovning ham faoliyati to‘liq tekshirilishi, ularning qilmishlariga huquqiy baho berilishi jamoatchilik talabidir.

Javobgarlikdan hech kim qocholmaydi

Bunday holatlar bir shaxsning ishi emas – ularning ortida rahbariyat sukuti va tizimiy mas'uliyatsizlik turibdi. Shu bois, boshqarma rahbari Muxiddin Togaevning ham bu kabi holatlarga ko‘z yumib kelgani bo‘yicha javob berishi zarur.

Xalq adolat kutmoqda

Kam ta'minlangan oilalarning haqqini yeyish – bu oddiy jinoyat emas, balki xalq ishonchini suiste'mol qilishdir. Jamoatchilik pora evaziga lavozimini unutib qo‘yganlar qonun oldida adolatli jazoga tortilishini kutib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
30 may 2017
Angren shahrida O‘zbekistonning sho‘rolar davrida ilk prezidenti bo‘lgan Yo‘ldosh Ohunboboevga o‘rnatilgan haykal buzib tashlandi. Bu haqda 29 may kuni ...
23 october 2018
O‘zbekistonda xorijning nufuzli universitetlari filiallari ochilishi ko‘pchilikni quvontiradi. Har holda bu filiallarda ta'lim sifati, bilim berish darajasi mahalliy oliy ...
14 june 2017
Prezident Shavkat Mirziyoevning viloyatlarga xizmat safarlari o‘zbek telekanallari orqali buyuk voqea kabi talqin qilinmoqda. Ayniqsa 2-iyun kuni Mirziyoevning Andijonga ...
4 may 2017
O‘rislar «jivuchiy» deydi. O‘zbekchada «yashovchan», «chidamli» deb tarjima qilinadi ko‘pincha. «Moslashuvchan» deb o‘girish ham mumkin. O‘zbek matbuotiga nisbatan shu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...