Asosiy mavzular
18 november 2025

AQShning halokatli sanktsiyalari O‘zbekistonga ham ta'sir qilishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgan, «halokatli» deb ta'riflanayotgan yangi sanktsiyalar loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu sanktsiyalar Rossiyani iqtisodiy qo‘llayotgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Trampning keskin ogohlantirishicha, Rossiya bilan jiddiy biznes yuritadigan har qanday davlat juda qattiq sanktsiyalarga duchor bo‘lishi mumkin. 

Bu bayonot, ayniqsa, Rossiya bilan keng savdo-iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lgan O‘zbekiston uchun ayniqsa dolzarb ko‘rinadi.

Gap 2024 yilning aprelida senatorlar Lindsi Grem va Richard Blumental tomonidan taklif qilingan qonun loyihasi haqida bormoqda. Uning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:

Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik boj to‘lovi joriy qilish. 

Bu bojlarning Rossiya Ukraina bilan bog‘liq masalada uzoq muddatli tinchlikka erishmaguncha amalda bo‘lishi. 

Sanktsiyalarning neft, gaz, uran kabi energetika resurslaridan tashqari, boshqa ko‘plab mahsulotlarni ham qamrab olishi.

Sanktsiyalarning O‘zbekistonga ta'siri

Hech kimga sir emas O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin iqtisodiy sheriklik aloqalarini davom ettirmoqda. Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifi tugashi bilanoq 11 noyabr kuni unga Rossiya prezidenti Putin telefon qilib suhbat o‘tkazdi. Ma'lum bo‘lishicha prezidentlar o‘rtasidagi telefon muloqotida bu kabi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, qo‘shma energetika loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik kabi asosiy masalalar muhokama qilingan. 

Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini hisobga olsak, bunday keskin choralarning joriy etilishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

Birinchidan Rossiya orqali yoki Rossiya bilan bog‘liq savdo zanjirlarida ishtirok etuvchi o‘zbek mahsulotlari AQSh bozoriga kirishda 500% lik bojga duch kelishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning eksport salohiyatiga jiddiy zarba bo‘ladi. 

Ikkinchidan Rossiya bilan hamkorlik qilganlik uchun AQSh sanktsiyalari ostiga tushish xavfi, G‘arb investorlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini keskin pasaytirishi mumkin. 

Uchinchidan Rossiya banklari bilan ishlovchi o‘zbek kompaniyalari uchun xalqaro moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yanada murakkablashishi mumkin. Ayniqsa keyingi qisqa davrda tashqi qarzi 70 millyarddan oshgan bir paytda O‘zbekiston iqtisodi uchun kutilayotgan bunday holat xavotir uyg‘otadi.

Ushbu «halokatli sanktsiyalar» loyihasi dastlab 2025 yilning iyun oyida o‘tkazilgan G7 sammitidan oldin qabul qilinishi rejalashtirilgan edi. 

Biroq, uning ko‘rib chiqilishi Donald Trampning Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha bayonotlari tufayli vaqtincha to‘xtatildi. 

2025 yilning oktyabr oyida Senatdagi respublikachi yetakchi Jon Tyun tashabbusi bilan Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilgunga qadar «pauzaga qo‘yilganini» ma'lum qilingan. Tramp va Putin o‘shanda telefon orqali gaplashib, Budapeshtda uchrashishga kelishib olishgan edi.

Biroq, bir hafta o‘tib, Tramp kutilmaganda uchrashuvni bekor qilganini e'lon qildi: «Biz kerak bo‘lgan natijaga erisha olmasligimizni his qildim. Shuning uchun uchrashuvni bekor qildim» dedi hafsalasi pir bo‘lganini anglagan Tramp. Uchrashuv bekor qilingani bois, sanktsiyalar loyihasi Senatda yana ko‘rib chiqish uchun tag‘in kun tartibiga qaytarilishi aytilmoqda.

Tag‘in o‘qing
17 may 2018
Toshkentda sodir etilgan 1999 yil 16 fevral portlashlardan ikki kun o‘tib, Muhammad Bekjonning akasi yashaydigan Yangibozordagi uyni Xorazm viloyati ...
23 march 2016
Sudga olib kelingan Aramais Avakyan va uning 3 nafar sherigi kutilmagan bayonotlar bilan chiqishdi. Aramais Avakyan: «Men qo‘poruvchi emasman! ...
27 april 2022
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar ...
8 january 2022
Hikoyamiz qahramoni qirq bilan ellik orasidagi dehqonobodlik yigit. Toshkentning eski pedinstitut yaqinidagi Bobur ko‘chasida, to‘rt qavatli g‘ishtin uylardan birida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...