Asosiy mavzular
3 december 2025

Tramp uchinchi dunyo mamlakatlari fuqarolariga AQSh eshiklarini yopmoqchi

Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida uchinchi dunyo mamlakatlaridan kelayotgan migrantlar uchun AQSh eshiklarini yopishini ma'lum qildi. Migrantlar «amerikaliklar erishgan yashash sharoitlariga zarar yetkazadi» deydi u. Endi AQSh palapartish migratsiya siyosatidan o‘nglanib olishi kerak. Tramp bu rejaning tafsilotlari yoki aynan qaysi mamlakatlar nazarda tutilishini ochiqlamadi.

AQSh prezidenti shuningdek, muxojirlarni «Amerikadagi ijtimoiy izdan chiqish»da ayblab, mamlakat uchun foyda keltirmaydigan, kasbi betayin, bekorchi har qanday shaxsni chiqarib yuborishga va'da berdi.

Bu bayonotlardan ikki kun avval Vashingtonda Milliy gvardiyaning ikki askarini (gumon qilinishicha) kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan shaxs tomonidan o‘qqa tutgan. Natijada askarlardan biri o‘ldi. 

Avvalroq Tramp bu hodisa mamlakat xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘ilganini ko‘rsatadi degan edi. Shuningdek, u AQShga tegishli bo‘lmagan har qanday shaxsni, qaysi mamlakatdan kelgan bo‘lmasin chiqarib yuborish yo‘lida choralar ko‘rishini ta'kidladi. 

Buning ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShdagi o‘zbek vatandoshlarni ogohlantirdi.Tashqi ishlar vazirligi Amerikadagi vatandoshlarni hujjatlarni tartibga solish bo‘yicha tavsiya berdi. 

O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarni hujjatlarni tartibga keltirish, qonuniy migratsiya maqomini tasdiqlovchi hujjatni doimo yonida olib yurish, bahsli yoki xavotirli vaziyatlar yuzaga kelganda esa darhol O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda beshta haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan o‘zbekistonlik va terrorizmda gumonlanib o‘z vatanida qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Amerikadagi so‘nggi vaziyat bo‘yicha Eltuzning AQShdagi eksperti Bahodir Fayz tahlilini eshitamiz.

Tag‘in o‘qing
6 april 2020
Qirg‘izistonning Chuy viloyatida bir kunda ikki o‘spirin o‘z joniga qasd qilgani haqida “Ozodlik”ning qirg‘iz xizmati xabar berdi. Mahalliy ichki ...
8 january 2026
Prezident Donald Tramp imzolagan memorandumga muvofiq, AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatmoqda. Ular orasida 31 tasi BMT shafeligidagi ...
17 june 2019
Andijon shahri IIB xodimlari qiynagani haqida gapirgan 2-tug‘uruqxona sanitarkasi 10 sutkaga qamaldi. «Ozodlik» radiosining Andijon IIBdan iqtibos keltirib bildirishicha, ...
21 august 2020
Mezon kechdi. Qanday shoshib kechdi bu mezon. Hosil to‘la aravasi loylarga botib Sochi oqardi. Mezon kechdi. Qanday ma'yus kechdi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...