Asosiy mavzular
14 december 2025

Rossiya Turkiyaning pomidor ortilgan kemasiga hujum qildi

12 dekabr kuni Rossiy harbiy kuchlari Qora dengiz akvatoriyasida Turkiyaning oziq ovqat mahsulotlari ortilgan kemasiga raketa bilan zarba berdi.

Turkiyaga tegishli bo‘lgan «Kuruoglu» savdo kemasi bortida bir necha manbalarga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, pomidor bo‘lgan. 

Xabarlarda aytilishicha, kema Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari tomonidan uchirilgan raketa bilan nishonga olingan. Oqibatda kemaning korpusiga zarar yetgan, lekin ekipaj a'zolari orasida jiddiy jabrlanganlar yo‘qligi ma'lum qilinmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi intsident yuzasidan norozilik bildirib, bu harakatni xalqaro huquqni buzish va savdo kemalarining xavfsizligiga tahdid deb baholadi. Rasmiy Anqara bu masalada tezkor tushuntirish va kafolat talab qilgan.

Rasmiy Moskva bu hodisa yuzasidan aniq va ochiq izoh bermagan. Ayrim harbiy manbalar nishon «xato» olingani oqibatida voqea sodir bo‘lganini izohlarda bildirmoqda, biroq bu iddaolar ham rasman tasdiqlanmagan.

Bunday voqealar xalqaro munosabatlardagi keskinlikni oshirib, oziq-ovqat yetkazib berish zanjirlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi ta'kidlanmoqda.

Tag‘in o‘qing
21 november 2024
Jizzaxlik fuqaro telegramda azjon*** nomli kanal ochib radikal diniy da'vat mazmunidagi 380 ta audio, turli foto va videolarni muntazam ...
4 december 2017
O‘zbek qamoqxonasida 21 yil ëtgan dissident, qashqadaryolik Murod Jo‘raev 65 yoshida 4 dekabr kuni vafot etdi. «Erk» demokratik partiyasi ...
4 june 2021
Surxonga nur yog‘di, jonlandi olam, Go‘yo farishtalar bo‘lganidek jam. Otamiz keladir mard tashlab qadam, Surxonga jannatdan shamol yeladi, Ey ...
7 february 2018
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov sho‘rolar davrida respublikani uzoq yillar boshqargan Sharof Rashidovning nomini go‘yoki oqlashga qaratilgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...