Asosiy mavzular
18 december 2025

Xorazmdagi mustaqil ALC telekompaniyasi Karimovning siësiy qarori bilan ëpilgan

Taniqli publitsist va sobiq deputat Karim Bahriev deyarli ikki yarim soat davom etgan Lolazor podkasti oxirida Islom Karimov davridagi tsenzura haqida so‘z yuritib, qariyb 25 yil o‘zbek matbuoti uchun taqiqda bo‘lgan mavzu Urganchdagi Ey El Si telekompaniyasining yopilishi haqida ilk bor gapirdi.

«Aka uka Shuhrat Bobojonovlarning chet elga chiqib ketishlariga sabab ularning ALC televideniesi samolyotning portlaganini ko‘rsatgani bo‘lgan-da endi. Urganchda samolet qulagan. Buni ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan. «O‘zbekiston Havo yo‘llari»ning sertifikati bo‘lgan, eng havfsiz kompaniya degan. Bunaqa xabarlar UzAga kelardi. Oldin O‘zAning teksti chiqishi kerak edi. Qanday talqin qilish, kimni aybdor qilish kerak? Bular s'emka qilishganda bervorishgan Ey El Si dan endi. U paytdagi tsenzura sabab oldin UzAdan chiqmasa, haq so‘zni chiqara olmasdi. Shundan so‘ng bular chet elga ketib qolishdi. Birovi «Ozodlik», birovi «Eltuz» qilib kun ko‘rib yurishibdi. Bularning ketishiga shu sabab bo‘lgan» dedi Karim Bahriev «Lolazor» podkastidagi ko‘rsatuvda.

1994 yili Urganch shahrida Shuhrat, G‘ayrat va Qudrat Bobojonovlar mustaqil mustaqil telestudiya tashkil etishgan edi. Aslida ochilgan kunidan buyon uni tugatishga hokimiyat amaldorlari tomonidan ko‘plab urinishlar bo‘lgan va ALC mustaqil telekompaniyasi tashkil topganidan besh yil o‘tib tugatilgan.

Tag‘in o‘qing
17 march 2016
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpo‘latovga asoslanib yozishicha, Navro‘z bayrami arafasida xavfsizlikni ...
23 march 2021
Turkmaniston hukumati karantin qoidalari sabab o‘z talabalarini mamlakat hududiga kiritmayapti. Talabalar chegara punktida qolib ketgan va bir necha kundirki, ...
18 november 2015
Bugun Toshkentda Oliy majlis va Oqsaroy binosiga IShIDning qora bayrog‘i osib ketilgani habari tarqaldi. Bundan oldin Toshkentda IShIDga a'zolik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...