Asosiy mavzular
22 december 2025

Enter Engineering – oyliksiz ish va yashirilayotgan baxtsiz hodisalar

Yenter Engineering kompaniyasi ishchilariga yana bir necha oylab maosh to‘lamayapti.  O‘z haqqini oylar davomida ololmayotgan ishchilar, mehnat xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar va baxtsiz hodisalar yashirilyapti. 

Xususan, Olmaliq shahridagi MOF-3 zavodi hududida 1 gektar maydonda qurilgan KRP sexi tomi shu kunlarda yoqqan qor yukini ko‘tara olmay qulab tushdi. 

Hodisadan so‘ng sex zudlik bilan o‘rab olindi, videoga olish qat'iyan taqiqlandi, ishchilarning telefonlari olib qo‘yilldi. Guvohlarning aytishicha, telefonini topshirmagan ishchilar ob'ektga kiritilmagan. Holat bosdi-bosdi qilinmoqda. 

24 soat ishlaydigan zavodda shunday avariya bo‘lib,«hech kim jarohatlanmadi, o‘lim holati yo‘q» degan g‘irt yolg‘on bayonot berildi.

Ayni paytda ishchilar allaqachon 2 oydan ortiq vaqt davomida maosh ololmay ishlab yurishibdi. Ushbu hodisadan so‘ng to‘lovlar yanada kechikishi kutilmoqda.

«Kompaniyada oddiy ishchilar manfaatlari ikkinchi darajaga tushib qolgan, rahbariyat va yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv uchun esa sharoitlar mutlaqo boshqacha. Yoqilg‘i sotish, kabel o‘g‘irlash kabi holatlar mayda-chuyda o‘g‘rilik bo‘lib,  bunga e'tibor ham bermay qo‘ydik.  Lekin butun boshli sex tomi qulasayu, qurbon yo‘q deb turishsa…  Qadrimizga achinamiz-da»  deydi xodimlar.

Mehnat inspektsiyasi, Qurilish nazorati, Bosh prokuratura va boshqa vakolatli organlardan MOF-3 zavodidagi hodisaga ochiq va xolis baho berishni, ishchilarga oylik to‘lovi masalasini o‘rganishni, mehnat xavfsizligi va boshqaruv tizimi bo‘yicha rasmiy tekshiruv o‘tkazishni talab qilamiz. 

Kompaniya og‘ir moliyaviy ahvolda bo‘lsa, kompaniya rahbariyati GMS Yukon, Cadillac, Tahoe, Land Cruiser,  Prado kabi qimmatbaho moshnlarni minishga,  doimiy yangilab turishga qaydan pul topyapti? 

Bu moshnlarning har biri milliardlab so‘m turishi hech kimga sir emas. Agar kompaniyada haqiqatan ham pul yo‘q bo‘lsa, bu hashamat kimning hisobidan?

Tag‘in o‘qing
27 april 2021
Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni opera tenori Karim Zokirov oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagach, Toshkent davlat ...
16 december 2025
Tadbirkorlarga jarima tayinlaydigan soliq serverlari shu kecha-kunduzda ishdan chiqdi. Natijada,  hisobotlarni jo‘natishda qiyinchiliklar yuzaga keldi.   «My.soliq.uz tizimida ishlovchi ...
16 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
24 july 2017
Shou-Biznesda chiqargan nomini pesh qilib O‘zbekiston Davlat Konsertvatoriyasiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lib ayni dargoh professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva oldiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...