Asosiy mavzular
3 january 2026

Xabarovskda o‘zbek migranti urushga jo‘natish urinishi qurboni bo‘lgan

12 dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Eltuzga qo‘shimcha ma'lumotlar yetib keldi. Manbalarga ko‘ra, voqeadan so‘ng jabrlangan yigitning bo‘yniga jinoyat ilishga urinishlar bo‘lgan.

Aytilishicha, bunday holat avval ham kuzatilgan. Jumladan, joriy yil oktyabr oyida 18–20 yoshlar atrofidagi yigitlarni tun bo‘yi urib-so‘kib, azoblab, turli bosimlar qilib urushga borishga majburlash holatlari qayd etilgan.

Murojaatchilarning bildirishicha, ushbu holatlarda O‘zbekistonning konsullik idoralari tomonidan amaliy yordam sezilmayapti. Telefon orqali bog‘lanishganda esa “kelib, shaxsan murojaat qiling” degan javoblar berilmoqda. 

Biroq jabrlangan shaxslar uchun 900 kilometr yo‘l bosib borib arz qilish amalda deyarli imkonsiz. Ko‘pchilik “omon chiqdim” deb, shikoyat qilmasdan ketishga majbur bo‘lyapti.

Murojaatchilar ta'kidlashicha, bunday holatlar ommaviy axborot vositalari va blogerlar tomonidan ko‘tarilmasa, vakolatli idoralar tomonidan ochiq muhokamaga olinmay qolmoqda. Shu sababli jamoatchilik e'tiborini ushbu muammoga qaratish muhimligi ta'kidlanmoqda.

Tag‘in o‘qing
10 august 2023
Eltuz e'lon qilgan Bulung‘urda IIB xodimlari kaltaklagan o‘spirin videosi yuzasidan ichki ishlar idorasi munosabat bildirdi. “Xodimlar qo‘pollik qilib urayapti”- ...
24 february 2016
Kleptokratiya hukmron O‘zbekistonda bugungi kunda qog‘ozbozlik amaldorlarining oddiy ish yo‘siniga aylangan. Oddiy odamlar u yoqda tursin, Eltuz.com yaqinda e'lon ...
26 october 2020
Hammani turli to‘lovlarga majburlaydigan Majburiy to‘lov byurosi xodimlarining o‘zi majburiy paxta terimiga majburlanmoqda.  “Majbur” so‘zi ustida qurilgan bu gap ...
2 june 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...