Asosiy mavzular
12 january 2026

Mirobodda kasalxona qurgan ustalar maoshsiz qoldi

Toshkent shahar Mirobod tumani  Shahrisabz ko‘chasi, 8 manzilida joylashgan ko‘p tarmoqli shifoxona qurilishida ishtirok etgan 500 dan ortiq ishchining 4 oylik ish haqi to‘lab berilmayapti.

Sentyabrdan dekabrgacha bo‘lgan oylikni yangi yil bayramiga yaqin to‘lab berish va'da qilindi.  Biroq aytilgan muddatdan 10-15 kun o‘tib ham puldan darak yo‘q. 

Quruvchi usta ishchilar adolat so‘rab prokuratura, bandlik vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga bir necha bor murojaat qilishdi.  Natija nolga teng.

Ob'ekt oldida pulini ololmaganidan norozi erkaklar yig‘ilib turibdi. Besh yuzlar atrofidagi ishchilarning 4 oylik maoshi davlat byudjeti uchun ot bilan tuya narxi bo‘larmidi?  Mas'ullardan muammoni zudlik bilan bartaraf etish va qurilish pulini o‘margan o‘g‘rilarga chora ko‘rish so‘raladi.

Tag‘in o‘qing
8 september 2015
Bugun nemislar ochiq qalblar bilan qochqinlarni kutib olishmoqda. “Berlinda men Refugers welcome – Qochqinlar xush kelibsiz! degan shiorlarni ko‘raman. ...
23 march 2023
Salom qadrli muhlislar. Bugun 22 mart. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, ...
23 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
8 february 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi o‘zbek seks vo‘rkeri haqida. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...