Asosiy mavzular
18 january 2026

Televizor o‘g‘risi ikki yilga qamaldi

Bekobodlik vaqtincha ishsiz bo‘lgan A. Asrankulov 2025 yil 19 noyabr kuni soat 20:00 larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan H.Utegenovaning uyidan bozor narxi jami 6.000.000 so‘mlik “ROISON” nomli televizorini o‘g‘irlab, ushbu televizorni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatish maqsadida yashash xonadoniga yashirib qo‘ygan. 

Sud zalida ayblanuvchi o‘g‘rilikka tushgan payti mast bo‘lganini, shu kuni o‘g‘li bilan ko‘rishganida onasi televizor olmoqchi bo‘lib yurganini aytganini, u ichgan vaqtida aytgan gaplari esiga tushib puli yo‘qligi sababli H.Utegenovaning uyidagi televizor esiga tushib qolib, o‘g‘rilikka borgani haqida ko‘rsatma berdi. U bu uyda hech kim yashamasligini bilgani uchun ham oldindan rejalashtirilgan o‘g‘riligi xamirdan qil sug‘urgandek yuz berganini tan olgan.

Sud A.Asrankulovning sodir etilgan jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan o‘g‘rilik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda aybdor deb topib, unga shu modda bilan ish haqidan 10 foiz davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Televizor o‘g‘risi axloqini tuzatyapti.

Tag‘in o‘qing
9 november 2018
Inson baxtli bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? Sevgan yorini topishi kerak dersiz? Lekin Farg‘ona viloyati rahbarlari bunday deb o‘ylamaydi. ...
17 march 2018
Rossiyada 18 mart kuni Vladimir Putinning yana bir bor prezidentlikka saylanishi kutilmoqda. Federatsiya hududlaridan tashqari 2014 yili Rossiya ishg‘ol ...
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
17 january 2026
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayram qilingan oqshomda qonli voqea sodir bo‘ldi. Olingan ma'lumotlarga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...