ART-DURBIN
10 july 2016

O‘zbek paxtakorining maftunkor qiëfasi Moskvada

Moskvadagi ARTSTORY galereyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlardan oltmishinchi yillar Sovet O‘zbekistonining naftalin ifori taraladi.

13533054_1059152200839971_583227174956656398_nIyul so‘nggiga qadar Moskvada “Sharqqa maftunlik” nomi bilan o‘taëtgan Turkiston san'ati ko‘rgazamasi bo‘ladi.

ARTSTORY galereyasining bir nechta zallarida Rossiyadan “Sovet sharqiga” kelgan va ijodini Turkiston bilan bog‘lagan rassomlarning 1930 yildan to 1960 yilgacha chizgan asarlari namoyish qilinmoqda.

Asosan hususiy kollektsiyalarga oid bo‘lgan bu rasmlar rutubatli Moskva sokinlariga Turkiston jazirasini his qildirmoqda.

Aleksandr Volkov, Mixail Kurzin, Nadejda Kashina, Viktor Ufimtsev, Aleksandr Nikolaev va Nikolay Qoraxan kabi “Turkiston avangardi” asoschilarining asarlari ko‘rgazamaga tashrif qog‘ozi bo‘ldi.

Shu bilan birga urush falokatidan omon qolish uchun Turkistonga evakuatsiya qilingan avangard musavvirlar Aleksandr Labas va Amshey Nyurnberg asarlari ham ko‘rgazma to‘ridan o‘rin oldi.
Qalamtasvirni sevadiganlar esa taniqli Sovet grafigi Vladimir Favorskiy tomonidan 1940 yillarda yaratilgan nodir qoralamalarni ko‘rgazmadan topishdi.

Turkistonning rus tasviriy san'ati vakillariga ta'siri professional munaqqidlar tarafidan jiddiy taxlil qilinib ular yaratgan asarlar qadri oshib bormoqda.

Bu o‘z navbatida san'atshunoslikka «russkiy Vostok» va «turkestanskiy avangard» degan atamalarni olib kirdi.

Bu qabildagi ko‘rgazmaning O‘zbekistonda o‘zbek tomoshabini uchun tashkil qilinmagani taassufdan boshqa narsani uyg‘otmaydi.

011-IMG_3376O‘zbek rassomlaridan birining Eltuz.com muxbiriga aytishicha “Mahalliy kuratorlarda dadil Art loyihalar ijobi uchun tashabbus ham elementar imkon ham yo‘q”
Badiiy akademiya deya nomlangan “Rassomlar ministrligi” quyushqoniga qamalgan o‘zbek ijodkorlari hokimiyat ierarxiyasi tarafidan falaj ahvolga keltirilgan.

Bu endi boshqa jiddiy mavzu…

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi, Toshkent
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 october 2025
«Toshkent shahridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli barcha maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab internatlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga ...
10 august 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» degan so‘zdan ham qo‘rqmoqda. ...
11 november 2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi ikki chaqaga qimmat propaganda o‘chog‘i VGIK bir o‘qituvchi qarshisida zir titradi. O‘qituvchi Ilya Kojuxar urushda qatnashishni istamagan ...
20 september 2017
Sirdaryo viloyatidagi yagona Oliy o‘quv yurti Guliston Davlat Universiteti talaba va o‘qituvchilari 15 sentyabr kuni paxta terimiga jo‘nab ketishdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...