Asosiy mavzular
31 august 2016

«O‘likning tabrigi-2»

Bugun 31 avgust kuni O‘zA axborot agentligi saytida paydo bo‘lgan, prezident Islom Karimov nomidan yo‘llangan tabrik allaqachon g‘oyib bo‘ldi.

rasm3010
31 avgust kuni paydo bo‘lgan tabrik skrinshoti

«Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi» deyiladi, soat 13.14 da paydo bo‘lgan, uni ko‘chirib bosgan va tezgina olib tashlangan «Darakchi» saytidagi tabrik matni tabrik indallosida.

Tabrikning to‘liq matni esa O‘zA axborot agentligi saytida ekanligi iqtibos qilinadi.

Ayni paytda prezidentning ahvoli hamon noma'lumligicha qolmoqda, boshsiz qolgan mamlakat hukumati o‘zining gilam osti harakatlari haqida xalqqa hech bir ma'lumot sizdirmayapti.

Biroq, yuqoridagi kabi holat kishini sergaklantiradi va beixtiyor salkam bir yil burun yangi yil arafasidagi g‘aroyib holatni esga soladi.

Prezident bayram tabriklarini o‘zi o‘qimasligi, uni boshqalar yozishi va tag‘in boshqalar o‘qib berishi ko‘pchilikka sir emas…

rasm674
Marhum O‘zTV diktori Abdumo‘min O‘tbosarov

2015 yil 31 dekabr kuni ham huddi shunday bo‘ldi, biroq tabrikni o‘qigan O‘zTV diktori Abdumo‘min O‘tbosarov, tabrik videotasviri efirga ketaëtganida allaqachon o‘lib bo‘lgan edi.

Eltuz manbalariga ko‘ra, O‘tbosarov prezidentning tabrigini 30 dekabr kuni o‘qigan 31 dekabr kuni taxminan kunduzgi soat 11 larda kasalxonaga olib kelingan va o‘sha yerda infarktdan jon bergan.

Bor gap shu. “O‘likning tabrigi” degan jumlani ilk bora 1999 yili men Bosh muxarrir bo‘lgan Urganchdagi Ey El Si telekompaniyasi xodimi Nigora Abdullaevadan eshituvdim.

Reklama ishlariga bosh qosh bo‘lgan Nigora o‘sha kuni olamdan o‘tgan mahalliy deputat o‘limi haqidagi xabarni efir setkasiga joylashtirar ekan “O‘likning tabrigi” degan jumlani ishlatdi. Zotan efir setkasidagi “Tabriklar” degan joyga ilk bor ta'ziya e'loni qo‘yilaëtgan edi.

Taqdirning hazili bilan, na o‘lik, na tirikligi aytilayotgan prezidentning navbatdagi tabrigi qisqa muddat bo‘lsada omma ko‘ziga chalindi va tezgina olib tashlandi, biroq undan bir skrinshot qoldi, shuni siz bilan baham ko‘ramiz.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 april 2017
Taniqli jurnalistlar Shuhrat, Qudrat va Xurmat Bobojonovlarning Urganch tumanida yashovchi onasi Shukurjon Madrahimovaning aytishicha, u 18 aprel kuni o‘z ...
20 october 2015
Paxta qo‘yguncha paxta ter. Beva xotinning tushiga er kirar, Xasharchining tushiga — paxta. Xasharchining go‘shti harom, Mehnati — halol. ...
23 august 2018
Internetda yosh ayol bilan jinsiy aloqa ustida tasviri olingan  xorazmlik 61 yoshli A.O. ismli shaxs videosi tarqaldi. Voqeadan xabardor ...
24 january 2025
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon ko‘zi qora qoshi qora yurtdoshlarim mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz betma ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...