Asosiy mavzular
14 november 2016

Yolg‘onning fosh etilishi yoki O‘zbekiston «buyuk o‘zgarishlar bo‘sag‘asi»da turibdimi?

Yaqin bir necha oylar avval, mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytimizda, hali «buyuk yo‘lboshchi» tirik ekanida gazetalarimiz «biz buyuk o‘zgarishlar davrida yashayapmiz», deya ayyuhannos solib yotgandi.

Bu yolg‘on ekan. Biz nafaqat bu davrda yashamagan ekanmiz, unga yaqin ham kelmagan ekanmiz. Aslida biz endigina «buyuk o‘zgarishlar bo‘sag‘asida» ekanmiz. Bu davrga bizni Shavkat Mirziyoev olib kirar ekan.

Buni muvaqqat prezident daxldor O‘zLiDeP partiyasining nashri bo‘lmish «XXI asr» gazetasi (10.11) baralla aytib, hammamizning ko‘zimizni ochdi.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoevning gazetada e'lon qilingan dasturi tahlilini o‘qib, shunday xulosaga kelish mumkin.

Unda aytilishicha, dasturda ifodalangan talay vazifalar hozirdanoq amalda joriy etilayotganini e'tirof etish joiz. Xususan, iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirish uchun 8 ta maxsus dastur qabul qilingan bo‘lib, yaqin besh yilda umumiy qiymati qariyb 40 milliard dollar bo‘lgan 657 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Muallif shu paytgacha Toshkentda xususiy kompaniyalar tomonidan qurilayotgan turar joylar narxi qimmatligini, ularni faqat o‘ziga to‘q oilalar «maktabda o‘qiyotgan farzandlari, hatto bog‘chadagi nevara-chevaralariga sotib olayotgani»ni «fosh etadi» va Sh.Mirziyoevning kambag‘allar uchun uy-joylar qurish rejalarini maqtaydi.

Maqolada Sh.Mirziyoev dasturida elektr ta'minotini yaxshilash uchun elektr stantsiyalarini modernizatsiya qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka erkinlik berish kabilar borligini eslatar ekan, bu nomzod «davlatni boshqarish fanini kabinetda o‘tirib yoki laboratoriya sharoitida o‘rganmagani»ni bildiradi.

Muallif Shavkat Mirziyoevning dasturida bayon etilgan g‘oyalar va vazifalarning ro‘yobga chiqishi mamlakatimizning barcha jabhalari qiyofasini «tubdan o‘zgartirishi aniq» ekanini ta'kidlar ekan: «Vatanimiz buyuk o‘zgarishlar arafasida turibdi», deya bashorat qiladi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 february 2017
Namanganlik kuyov, ayni paytda tibbiyot ko‘rigi bo‘limi mijozi Ibodulla Boymatov o‘zi olgan videoni Eltuzga jo‘natdi. «Arshin mololon» kinosidagi kuëv ...
11 january 2017
Dunëdagi eng ishi yurishgan fotosuratchilardan biri 73 yashar Attor Abbos Eronda dunëga kelib Parijda dunëga tanildi. U hali sakkiz ...
9 may 2020
Mana, hafta o‘tib yana ko‘zimiz ko‘zimizga tushdi. Men aytaëtgan gaplarga quloq solyapsiz. Ko‘rsatuvni ko‘zdan emas, yurakdan kechiraëtganingizni bilaman va ...
17 june 2025
2024 yil avgust oyida Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani ekologiya bo‘limi boshlig‘i Usmonov Xayrullo To‘palang daryosining o‘zanida noqonuniy ravishda qum-tovon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...