ART-DURBIN
2 december 2019

Kinotasmaga tortilgan qadimiy Samarqand

Samarqandga bag‘ishlab suratga olingan bu film rejissyor N.Gavryushkin tomonidan «Goskino»ning 3-fabrikasida 1930 yili ishlangan, 2011 yili esa bir guruh kinotashabbuskorlar tomonidan qayta montaj va restavratsiya qilingan.

rasm4080
Filmdan kadr: Registondagi suratkash

Filmda zilziladan so‘ng Ulug‘bek minorasining ta'mirlanish jarayonini kuzatish mumkin. Bir tomonga og‘gan qadimiy minorani to‘g‘rilash texnologiyasi taniqli muhandis V.G.Shuxov tomonidan taklif qilingan.

rasm4083
Filmdan kadr: Samarqandliklarning sevimli shirinligi – asal aralashtirilgan maydalangan muz

Ajoyib kadrlar bugungi kunda odamlar eslay ham olmaydigan bozorlardagi narsalar tasviridir. Masalan, jazirama issiqda maydalangan muzning asal bilan aralashmasidan iborat shirinlik.

rasm4082
Filmdan kadr: Tarozidan urish yo‘q! Bozordagi sabzavot sotuvchi

Bozordagi ko‘ngilochar xizmat turlari ham qiziqarli. Jumladan, Registon maydonidagi suratkash mahalliy aholi vakillarini Moskvadagi Kreml aks etgan surat fonida suratga olmoqda. Bugungi kunda bu go‘yo bir latifaday eshitiladi.

rasm4081
Filmdan kadr: Mahalliy aholi Moskva Kremli fonida suratga tushishni istaydi

Shahar transporti muammosi ham ko‘zga tashlanadi. Filmda avtobus kutayotganlarning turnaqator navbatini ko‘rish mumkin. Biroq yanada qiziqarli tomoni, navbatning intizomli tashkil etilganidir, odamlar, bugungi samarqandliklar atvoridan farqli, kamqatnov avtobusga chiqish uchun faqat o‘z navbatini kutishadi.

rasm4085
Filmdan kadr: «Qizil choyxona»

Film, shuningdek, o‘sha davrdagi Samarqand me'moriy majmuasi ahvolini aks ettiradi.

rasm4084
Filmdan kadr: Bibixonim restavatorlarini kutmoqda.

Vayron qilingan, biroq har doimgiday ulug‘vor, davrning yangi va murakkab silsilalarini kutayotgan qadimiy yodgorliklar.

Akmal Rizaev,
o‘zbekistonlik muallif taxallusi.
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 april 2016
2005 yilning may oyidagi Andijon shahrida yuz bergan voqealar xaqida xikoya qiluvchi “Sotqin” filmi shu kunlarda Jizzax viloyatida keng ...
12 may 2016
Shu kunlarda o‘ndan ortiq “O‘zavtosanoat” xodimlari va ustalar zudlik bilan Rossiyaga hizmat safariga jo‘natilgan. GM Uzbekistan zavodidagi muhandisning Eltuz.com ...
18 january 2016
Rejalar zo‘r, aslidachi? Rasmiy nashrlarda yozilishicha, O‘zbekiston prezidenti Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakatning yalpi ichki mahsulotini 2030 yilgacha 2 barobar ...
29 october 2018
So‘nggi olingan xabarga ko‘ra, «Amerika ovozi» radiosining Istanbulda hibsga olingan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...