Asosiy mavzular
13 january 2017

Inson huquqlari vaziyatini yaxshilash – ustivor vazifa

Hokimiyat almashinuvi masalalarini hal etish va ichki siyosatni belgilashda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatini ta'minlashga o‘ta jiddiy e'tibor qaratishi kerak, deya bayonot berdi «Hyuman rayts uotch» 12 yanvarda o‘zining 2017 yilgi jahon hisoboti e'lon qilinishi munosabati bilan.

«Markaziy Osiyoda inson huquqlarining ko‘pgina jabhalari inqiroz holatidadir, – deydi «Hyuman rayts uotch» tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Hyu Uilyamson. – Mintaqa mamlakatlari rahbarlari elitalar o‘rtasidagi kurashlar bilan ovora bo‘lish yoki o‘z hokimiyatini mustahkamlash o‘rniga qatag‘onlarni bas qilishga intilib, hibsxonalarda qiynoqlarga barham berish, so‘z erkinligini ta'minlash va hokimiyatni tanqid qilgani uchun qamoqqa
tashlanganlarni ozod etish bilan shug‘ullansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

«Hyuman rayts uotch»ning 687 sahifalik 27-jahon hisobotida 90 dan ortiq mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tahlil etilgan.

Unda aytilishicha, O‘zbekistonda Islom Karimov davrida bosh vazir lavozimini egallab turgan Shavkat Mirziyoevning hokimiyat tepasiga kelishi hozircha mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq ayanchli vaziyat amalda bir qadar yaxshilanishiga umid uyg‘otayotgani yo‘q. Hokimiyat hali-hamon yig‘ilishlar, fikr bildirish va din erkinligini o‘ta cheklagan holda fuqarolarni ommaviy nazorat qilmoqda. Siyosiy ayblar bilan qamalgan minglab odamlar panjara ortida qolmoqda, qiynoqlar keng tarqalgan, huquq himoyachilari, muxolifatchilar va jurnalistlar muntazam ta'qib-tazyiqlarga duchor qilinmoqda. 2016 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida milliondan ortiq kishi dalaga jo‘natildi va og‘ir sharoitlarda mehnat qildi.

Hisobot bilan rus tilida quyidagi ilovada tanishish mumkin: Vsemirnыy doklad 2016: Uzbekistan

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 july 2018
Bosh prokuratura 5 iyul kuni kattaqo‘rg‘onlik 31 yashar ayolni yechintirib tahqirlagan IIB xodimi, kapitan San'at Umarovga jinoyat ishi ochilgani ...
26 april 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
26 june 2019
Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yunusobod tumani sudining binosida O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh ...
3 january 2017
CNN-Turk kanalida ëyinlangan videoda Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum qilgan kimsaning Istanbul xalqaro aeroporti pasport nazorat bo‘limidan o‘taëtgan payti ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...