Asosiy mavzular
28 june 2019

O‘zbek miyasidagi ikki standart

Ba'zan xorijda, G‘arb davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizga hayron qolaman. Amerika, Kanada va Yevropada kim bilan gaplashmang, ko‘pchilik shu davlatlarning liberal, sotsial-demokrat jabhasiga yaqinligini, Trampdan ko‘ra, siyosiy qanotning so‘l tarafidagi Obamaning ma'qul ekanligini uqtirishadi.

Albatta, bu yerda ajablanarli joy yo‘q, mantiqan to‘g‘ri bir pozitsiya. Amerika misolida liberal demokratlar muhojirlarga, farqli dinlarga, etiqodlarga ancha toqatli, madaniy bag‘rikenglik darajasi muhofazakorlarga nisbatan so‘l qanotda ko‘proq tarqalgan.

G‘arb demokratlaridagi bu iliq munosabat ularni bizning “qoriakalarni” yaxshi ko‘rishi yoki boshqa din va madaniyatlarga sevgisidan emas, albatta. Bu toqatlilikning manbasi demokratik falsafaning, demokratlarning ideologik shuurida, e'tiqodidadir. Liberal demokrat barcha e'tiqodlarga, etnik guruhlarga, madaniyatlarga bir xil masofadadir. Ular dinimiz, ma'naviyatimiz deb dod voy solishmaydi. Xuddi mana shu iliqlik vatandoshlarimizni, muhojirlikda yurgan boshqa millat vakillarini demokratlarga yaqinroq mavqeda turishlariga sabab bo‘ladi.

Lekin aynan shu vatandoshlarimiz o‘zlari kelib chiqqan yoki biz bilan madaniyat jihatidan bir doirada bo‘lgan jamiyatlarda populist, muhofazakor, “iymonli” sultonlarni, poshsholarni olqishlaydilar. Amerikada liberal haqlar, boshqa madaniyatlarga toqatlilik talab qilib, o‘zimizning “qishloqda” esa Erdo‘g‘on, Ramzan, Putin tipidagi klassik konservatorlarga “din yo‘lidagi” xizmatlari, G‘arbga qarshi milliy ma'naviyatimizga posbonlik qilayotganliklari uchun xayrixohlik bildiradilar. Hatto G‘arb demokratiyasining “kufr” ekanligini ta'kidlashdan ham uyalishmaydi.

Xo‘roz Amerikada ham, O‘zbekistonda ham, Turkiyada ham bir xil qichqiradi, demokratik printsiplar hamma joyda bir xil amal qilinmas ekan, o‘z-o‘zimizni aldashdan nariga o‘ta olmaymiz.

Men bu yerda bir turarsizlik, o‘z-o‘zini aldash, sharqona mug‘ombirlikdan boshqa mantiq ko‘rmayapman.

Bahodir Fayz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 december 2016
Prezident saylovi o‘tar-o‘tmas matbuot xuddi Islom Karimov davridagi holatiga qaytdi-qo‘ydi. «Yo‘lchi yulduzi»ni bir muddat yo‘qotib qo‘ygan partiya nashrlari hatto ...
31 may 2019
Prezident Shavkat Mirziëev Andijonga borganida televizorda uni nuqul aëllar o‘rab olgani ko‘rindi. «Besh bolam bor, uy bering» degan ham, ...
14 may 2022
1938 yil 9 may kuni 34 ëshida Moskvada xalq dushmani deya otib o‘ldirilgan Botu (Mahmud Hodiev) Turkiston modern she'riyatining ...
21 january 2020
Professor Kristian Lasslett O‘tgan haftada Gulnora Karimovaga nisbatan «yopiq eshiklar ortida» yangi jinoiy ayblovlar bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Karimovaning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...