Asosiy mavzular
29 january 2020

Xitoyning Uxan shahridagi 30 o‘zbek talaba karantin bois O‘zbekistonga qayta olmayapti

Bosh vazir Abdulla Aripov 28 yanvar kuni koronavirus xatari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Chegara qo‘shinlariga topshiriqlar berildi.

Ammo «Eltuz» suhbatlashgan vrachlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusni aniqlaydigan proba uskunalari mavjud emas.

Ayni paytda bu xatarli virus Xitoy Xalq Respublikasidan boshqa hududlarga ham ëyila boshladi.

29 yanvar kuni Yaqin Sharqda ilk bora koronavirusga chalingan xasta qayd qilindi. BAA Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida qarindoshlari bo‘lgan oila a'zosi koronavirusga chalingan.

Shuningdek, Gonkong, Makao, Tayvan, Avstraliya, Vetnam, Kanada, Malayziya, Nepal, Singapur, AQSh, Tailand, Frantsiya, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham koronavirusga chalinganlar aniqlandi.

29 yanvarga kelib, koronavirusning 2019-nCoV shaklini yuqtirganlar soni dunëda 6000 kishidan oshdi. Bu kasaldan o‘lganlar soni, 29 yanvar kungi ma'lumotga ko‘ra, 132 kishini tashkil qilgan va ularning hammasi XXR turg‘unlari.

Germaniyada ham Xitoy virusiga uch kishi chalingani ma'lum bo‘ldi. Ulardan biri – Germaniyaning Myunxen shahrida yashovchi 32 yashar nemis Shanxaydan kelgan tanishi bilan ko‘rishgan chog‘ida kasal yuqtiribdi. Hozir uni karantin boksga olishgan.

Mayli, Germaniya epini qiladi. Mabodo Xitoyning Uxan shahridagi 30 nafar o‘zbekistonlik talaba yurtga qaytilsa va ular orasida kasallar bo‘lsa, buning oqibatini O‘zbekiston tibbiëti eplay oladimi? Xitoy virusi inkubatsiya muddati ikki hafta.

Hozirgacha fanga noma'lum bo‘lgan koronavirus shamollash va yo‘tal simptomlarini o‘z ichiga olgan o‘tkir nafas yo‘li infektsiyasini keltirib chiqaradi.

Virusdan muolaja usuli yoki emlash vositasi hozircha mavjud emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 january 2017
2016 yilning iyulida Amsterdam sudi Takilant ofshor kompaniyasining Ucell mobil operatoridagi 135 million AQSh dollariga baholangan 6 foiz ulushini ...
6 january 2026
Prezident qizining qizi uni qo‘lini so‘ragan yigitga «xa» dedi. va ul g‘aripni  labindan o‘pdi…. Qovun pishganda katta to‘y. Kevurasla ...
9 february 2021
Meni mashg‘ul qilgan g‘oyaga avval o‘zimni ishontirishim kerak edi. Mayli, do‘stlar ishonmasin, mayli, aqrabolar, yaqinlar, hatto xalq ishonmasin, ammo ...
23 february 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Sizlar-chi, 1987 yilda nima bilan mashg‘ul edinglar, janob manqurtlar? Masalan, men bilaman, sizlarning adabiyotchilaringiz u ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...