Asosiy mavzular
25 february 2023

Dunëdan o‘tgan Oshiq Erkin so‘z erkinligi tarafdori edi 

O‘zbekistonlik taniqli shoir Oshiq Erkin – Erkin Madrahimov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Shoirning janoza marosimi  25 fevral kuni Urganchda bo‘ldi. 

Erkin Madrahimov o‘zi oshiq bo‘lgan Xorazm tuprog‘iga dafn qilindi. Rahmatli yaxshi odam edi. 

Oshiq Erkin yaxshi odam edi. 1994 yildan to 1999 yil oxirigacha xozir Eltuzda ishlaëtgan ijodiy jamoa yadrosi Urganchda TV «Ey El Si» nomi bilan mustaqil telekompaniyada hamkorlikda faoliyat yuritdi. Xorazm va Turkmanistonning Doshovuz va Ko‘na Urganchdagilar ham eslasa kerak bu kanalni. 

Kanalning xabarlar dasturida tanqid ko‘p edi. Bu esa o‘sha paytdagi hukumat mulozimlariga ëqmagan edi. Kanalni ëppasiga tekshiruv boshlandi. O‘zbekiston ëzuvchilar uyushmasiga esa «TV kanal mazmuni haqida» tanqidiy «xulosa» ëzish topshiriluvdi. Xulosani Ëzuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Erkin Madrahimov (Oshiq Erkin) imzolashi kerak edi. Erkin aka ëzgan xulosani ko‘rib, buyurtmachilarning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgandi. 

Erkin aka biz ësh jurnalistlarni maqtab piligimizni ko‘tarib ëzib bergandi. Sal o‘tib O‘zbekiston teleradiokompaniyasidan ham telekanalni tekshirishgan, rahmatli Ëqubjon aka Xo‘jamberdievni mufattish qilib jo‘natishdi. Shoir va ëzuvchi bo‘lgan Xo‘jamberdiev eng avvalo Erkin Madrahimovning uyida mehmon bo‘lgan. 

Tashrif mazmunidan habar topkan Erkin aka Ëqubjon akaga «Agar bu jurnalistlar yuritaëtgan telekanal haqida ëziladigan bo‘lsa taraf tutib¸ yaxshi deb ëzish kerak» deb Ëqubjonaga uqtirgan. Shu tariqa biz ësh jurnalistlar Erkin akadan yaxshilik ko‘rganmiz. Buni aytish bizga qiëmat qarz. Qolaversa Erkin aka faqat chiroyli qo‘shiqlar emas balki Markaiy Osiëdagi ilk kinochi, 1935 yil qizil armiya jallodlari o‘ldirgan Xudoybergan Devonov haqida «Chaqmoq» nomli kitobni o‘sha SSSR paytida ëzishga jsasorat topgan qaxramon edi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Oshiq Erkin — Erkin Madrahimov 1937 yil 7 mayda Xivada tug‘ildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning jurnalistika fakultetini tugatdi. 

Oshiq Erkinning 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitoblari nashr etilgan. Jumladan, “Iqbol”, “Ohular”, “Yilga tatigan bir tong”, ”Yolg‘onning umri qisqa”, “Po‘lat va uning bobosi”, “Tillaqush”, “Azim daryo”, “O‘lguncha sizni derman”, “Ishqing tushdi yurakka”, “ Mujgoningga sallamno” kabi kitoblari she'riyat ixlosmandlariga yaxshi tanish.  

Oshiq Erkinning ko‘plab she'rlarini ko‘plab taniqli xonandalar Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Kumush Razzoqova Aziza Niyozmetova, Og‘abek Sobirov, Azamat Otajonovlar kuylagan. 

Oshiq Erkin “Shuhrat” medali hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan ham taqdirlangan. 

Eltuz jamoasi Oshiq Erkin – Erkin Madraximovning yaqinlariga o‘zining chuqur ta'ziyasini bildiradi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
16 january 2023
Buxoro markazidagi YuNYeSKO himoyasida bo‘lgan bufer zonada multfilm stilidagi feyk «Buxoro» qurilishi haqida tomog‘igacha korruptsiyaga botgan, o‘ris aksarlariga haykal ...
14 may 2019
Londonlik tahlilchi Alisher Ilhomov 14 may kuni O‘zbekistonda mulkka egalik huquqlari buzilayotgan, ayniqsa, uylaridan ommaviy ko‘chirilayotganlar muammosi yuzasidan petitsiya-murojaatini ...
20 october 2025
1999 yili Londondagi IWPR nashri muxbiri sifatida Turkmanistonga safar qilib turkum maqolalar ëzgan edim. O‘sha paytda «Turkmanlar erkin yashamasa ...
5 february 2021
(Arafadagi o‘ylar) Bu savolni sizga emas, o‘zimga berdim uzun yillar davomida.Bu savolga bugun javobim bor, alhamdulilloh, ammo kecha yo‘q ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...