Asosiy mavzular
15 april 2025

To‘rt turk davlati Turkiyani bosqinchi deya tan oldi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonning Rum boshqaruvini tan olib, elchi tayinlagani aks-sado bermoqda. Endi esa yana bir jiddiy voqea yuz berdi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston BMT Xavfsizlik Kengashining 541 va 550-sonli rezolyutsiyalarini qo‘llab-quvvatlab, Turkiyani Kiprda “bosqinchilik qilayotgan kuch” sifatida rasman tan oldilar.

Ushbu qadam Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun ajratgan 12 milliard yevrolik sarmoya paketidan keyin amalga oshirildi.

Turkiya va “kichik vatan” hisoblangan Shimoliy Kipr Turk Respublikasini (ShKTR) hayratga solgan bu voqealar davom etmoqda. Markaziy Osiyo respublikalari keskin o‘zgarishlarga borib, go‘yo Turkiyaning orqasidan zarba berishdi.

ShKTR TAN OLINMADI, RUM BOShQARUVIGA ELChI TAYINLANDI

Turkiy davlatlar tashkiloti a'zolari bo‘lgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va so‘nggi kunlarda Turkmaniston ShKTRni tan olmay, Rum boshqaruvi (Janubiy Kipr)ga elchi tayinlashdi. Bu qaror aks-sado berayotgan bir vaqtda ularga Qirg‘iziston ham qo‘shilib, Turkiyaga qarshi qadam tashladi.

JIDDIY QAROR: TURKIYa “BOSQINChI KUCh” DYeB TAN OLINDI

Turkiya va ShKTR boshchiligidagi butun turk dunyosi bu qarordan hayratda. Turkiy davlatlar tashkiloti a'zolari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston – BMT Xavfsizlik Kengashining 541 va 550-sonli qarorlarini qo‘llab-quvvatlab, Turkiyani Kiprda “bosqinchi kuch” sifatida tan oldilar.

PUL KYeLDI, QAROR QABUL QILINDI

Bu qadam Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uchun ajratgan 12 milliard yevrolik investitsiya paketidan so‘ng qo‘yildi. To‘rt turk davlatining BMTdagi bu aqlga sig‘maydigan harakati “do‘stning xiyonati” sifatida baholanmoqda. “12 milliard yevro va Yevropa Ittifoqi bilan kengroq hamkorlik evaziga ShKTRni sotishdi” degan tanqidlar yangramoqda. Turkiyani Kiprda “bosqinchi kuch” sifatida rasman tan olgan bu to‘rtta davlat bilan kelgusi munosabatlar qanday bo‘lishi esa hozircha noma'lum.

ShKTRda Provokatsiya: EOKA tarafdorlari tomonidan turklarga tosh bilan hujum qilindi.

541-SONLI QAROR NIMA DYeYDI?

“Qardosh davlatlar” qo‘llab-quvvatlagan 541-sonli qaror 1983-yil 15-noyabrda ShKTR e'lon qilinganidan so‘ng Rum boshqaruvining shikoyati asosida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 13 ovoz bilan qabul qilingan edi. Ushbu qarorga qardosh Pokiston qarshi ovoz bergan, Iordaniya esa betaraf qolgan.

Qarorda, shuningdek, 1974-yilda qabul qilingan 365 va 1975-yilda qabul qilingan 367-sonli qarorlar ham yana bir bor tasdiqlangan. Ma'lumki, ushbu qarorlarda Turkiyaning Tinchlik Harakati qoralangan va turk askarlarining darhol orqaga qaytarilishi talab qilingan.

BMHKning 550-sonli qarorida quyidagilar bayon etilgan:

Turkiya Respublikasi va Kipr Turk Jumhuriyati (KTJ) o‘rtasida o‘zaro elchi tayinlanishi “ajralishga qaratilgan va noqonuniy harakat” deb baholanib, tanqid qilinadi va bu qaror bekor qilinishi talab qilinadi.

Barcha davlatlarga bu “ajraluvchi” qadamni — ya'ni KTJni tan olmaslik, qo‘llab-quvvatlamaslik va yordam bermaslik chaqirig‘i yo‘llanadi.

Barcha davlatlar “Kipr Respublikasi” deb atalgan grek boshqaruvining mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga hurmat ko‘rsatishga chaqiriladi.

Marash hududining yashash uchun ochilmasligi va uni grek boshqaruviga qaytarish talabi qo‘yiladi.

Bir tomondan, biz tan olishlarini umid qilgan Turk davlatlari 12 milliard yevro evaziga bizdan yuz o‘girgani, ikkinchi tomondan do‘st deb hisoblangan islom davlatlarining AQSh boshchiligidagi greklar tomonidagi siyosatlari, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqining do‘st davlatlarga nisbatan bosim, tahdid, shantaj va va'dalar orqali olib borayotgan siyosatlari — KTJning tez fursatda tan olinishi yo‘lidagi asosiy to‘siqlar sifatida namoyon bo‘lmoqda.

(Eltuzga bu maqola mustaqil manba nomidan jo‘natildi)

Tag‘in o‘qing
5 september 2025
So‘zboshi Roman muallifi — tanikli turk tilshunosi Professor Axmad Beyjon Erjilosun turk dunyosida nomi chikkan olimdir. U Sovet Ittifokida ...
20 january 2026
Xorvatiyadan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro ekstraditsiya qilindi. Ekstraditsiya Interpolning O‘zbekiston va Xorvatiya milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari, shuningdek, ...
17 march 2017
16 mart kuni ertalab, immigratsiya qoidalarini buzganlik aybi bilan ushlangan Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri 30 yashar o‘zbekistonlik Xudoberdi Nurmatov ...
2 march 2017
27 fevral kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in halokati aks etgan video qo‘yildi. Bunda piyodalar yo‘lagiga parkovka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...