Asosiy mavzular
8 may 2025

HOKIM O‘RINBOSARI O‘ZIGA O‘T QO‘YDIMI?

Oxirgi paytlarda xokim o‘rinbosarlarining turli xil firibgarliklariyu, kirdikorlari haqida eshitayotgan edikku…
Ammo hokim o‘rinbosari o‘ziga o‘t qo‘yishgacha borishini xech o‘ylamagandik.
Fikri ojizimizcha, uni shu ishgacha olib kelganlar ham
Xodimning majlisdan chiqib o‘ziga o‘t qo‘yishini tushlarida ham ko‘rishmagan chog‘i.

Qashkadaryo viloyati,
Yakkabog‘ tumani hokimining
Investitsiya va tashki savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Masrur Badalov 8 may kuni
kech soat 18.00 larda, o‘zini yoqib yuborgani aytilmoqda.

Voqea tuman prokuraturasi binosi oldida sodir bo‘lgan.
Tuman hokimi o‘rinbosari Masrur Badalov prokurorning xonasida o‘tayotgan majlisdan tashkariga chiqqan va o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Prokuraturadagi majlis prezident topshirig‘i – tumanda kuyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha bo‘lgan.

Aytishlaricha,
tuman prokurori hokim o‘rinbosarini qattiq haqorat qilgan va
qamatib yuborish bilan qo‘rqitgan.
Xozirda xokim o‘rinbosari shifoxonada.
Uning ahvoli haqida esa xali ma'lumot yo‘q.

«Shifoxona prokuratura hamda Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rab olingan.
U yerga hech kimni kiritishmayapdi» deyilmoqda.

Bizni esa bir savol qiynamoqda:Xalqni kuydirgan rahbarlar, endi o‘z xodimlariga o‘t qo‘yishyaptimi?

Shaxina blogi

Tag‘in o‘qing
22 november 2025
Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon MFY Do‘rmon yuli ko‘chasida joylashgan 46 uyda 2021 yilda qurib topshirilgan. Aholining ta'kilashicha, dom qurib ...
30 january 2018
O‘zbekistonni 27 yil boshqargan va 2016 yilda o‘lgan Islom Karimovning nabirasi Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqida ...
9 march 2018
BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini ...
30 december 2016
Kun.uz sayti 27 dekabr kuni elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli bir necha bor ishlamay qolganini ma'lum qildi. Sayt bunga ba'zi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...