Asosiy mavzular
16 july 2025

CARDOR SULTONGA AYLANADIMI?

Turkmanistonda amaldagi prezident Sardar Berdimuhamedovga sulton unvonini berish, butun hukmron oilani esa “abadiy shohlar” maqomi bilan taqdirlash taklifi yangradi. Bu haqda turkman OAVlari xabar tarqatdi.

Ushbu tashabbus 29 iyun kuni yangi Arkadag (Orqatog‘) shahrida millat yetakchisi Gurbanguli Berdimuxamedovning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan tantanalar paytida yangradi. 

Turkmaniston xalq artisti Jemal Saparova sahnada qo‘shiq ijro etib, shunday chaqiriq bilan chiqdi: “Turing, bosh eging, Sardar oldida. U umrbod sulton bo‘lsin. Sultonga toj kiydiring!” 

Tez orada bu chiqishning videosi “Arkadag” telekanali orqali namoyish etildi. Mazkur musiqiy tarona tezda ommalashib, boshqa ijodkorlar tomonidan ham keng ijro etila boshladi.

2022 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Serdar Berdimuxamedov hozircha rasmiy unvonga ega emas. Otasi Gurbangulini Orkadag (Orqatog‘) deb atashadi. Turkmanistonning birinchi prezidenti Samarmurod Niyozovga Turkmanboshi maqomi berilgan edi. 

Tahlilchilar fikriga ko‘ra, “toj kiygizish” g‘oyasi aslida Sardorning o‘ziga emas, balki davlatni avval boshqargan va hali ham turkman siyosatining ta'sirli figurasi bo‘lib qolgan uning otasi — Gurbanguli Berdimuhamedovga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Tag‘in o‘qing
19 december 2018
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi Zokirjon Ibragimov 14 dekabr kuni 12 ming AQSh dollarini pora sifatida olaëtganida ...
21 november 2025
Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti. Klasterning fermerlardan milliardlab qarzi borligi aytilmoqda. «Daryo» nashrining ma'lum qilishicha, ...
30 november 2025
Butun O‘zbekiston shu kunlarda zaharli xavodan aziyat chekayotgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Qo‘qonboy mahalla ahli yillar davomida zahar ...
18 september 2019
Shu kunlarda O‘zA jurnalisti Anora Sodiqova o‘zbek tilining O‘zbekistonda rivojlanishini qo‘llab chiqishlar qildi. Taniqli o‘zbek shoiri Mirzo Kenjabek esa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...