Asosiy mavzular
18 july 2025

ShUHRAT G‘ANIYeV: «FYeRMYeRLARNING QULOG‘INI KYeS»

17 iyul kuni, soat 13:00 da Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniev onlayn majlis o‘tkazdi. 

Majlis mavzusi – Qishloq xo‘jaligi masalalari. «Fermerlar ishlamaydi, texnikalar kun bo‘yi bekor turibdi. Hokimlar, agar tuman 45 tsentner paxta planini bajarmasa, hammang sharmanda bo‘lasanlar» – deydi G‘aniev.

Hokimlar muk tushib konspekt qilish bilan band: ertaga, yo‘q, bugunoq fermerlarni tuzlash kerak!

«Suv dala boshiga tashlab qo‘yilgan. Zovurlarga oqib yotibdi. Suv dala oxirigacha yetib bormayapti. Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Andijon – agar hozir sutkasiga 24 soat dalada ishlamasalaring, hammang sharmanda bo‘lib o‘lib ketasanlar..» – xunob bo‘ladi Prezident maslahatchisi Shuhrat G‘aniev. 

Hokim bovalar esa «yozib oldik, bajaramiz» deyishdan nariga o‘tmaydi. 

«Yozib olganingni nima qilaman! Bor, dalaga tush. Fermerlarni terga, qulog‘ini kesib ishlat. E, vijdonsizlar! G‘o‘za parvarishi o‘lgan, dalalar bo‘m-bo‘sh. Ertaga plan to‘lmasa, senlaram o‘lasan. Hozir dalaga chiqib fermerni ishlat. Ovozingni chiqarmaydigan qilib bari bilan bittalab gaplashib ol. Qaytaraman, bir oydan keyin baring o‘lasan, shunchaki, o‘lib ketasanlar» – G‘anievning bu ko‘rsatmalari ham muqovasi gerbli bloknotga yozib olindi. 

Bu safar noqulay ob-havo degan bahona ham o‘tmaskan. Ishqilib paxta plan to‘lsin. Yo‘qsa, qimmatli hokim bovalarimizdan yoppasiga ayrilib qolamiz.

Tag‘in o‘qing
23 january 2019
O‘zbekistonda majburiy obunaning taqiqlanishi ko‘plab mahalliy gazeta va jurnallarning yopilishiga olib kelishi mumkin. 11 yanvar kuni «Normativ-huquqiy hujjatlar» portalida ...
3 october 2025
O‘zbekistonning energiya iste'moli yildan yilga o‘sib bormoqda va bu ehtiyojni qondirish maqsadida mamlakat hukumati Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda yirik ...
3 october 2017
3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi. ...
11 april 2024
Suriyaga qoriya xotini bilan ketib odam so‘yaëtgan uchtepalik bo‘ëqchi rijol Jaloliddin Mansurov qidiruvga berildi. 1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...