Asosiy mavzular
19 september 2025

Xazorasplik fermerlarning sabr kosasi to‘ldi

Xorazm viloyati Xazorasp tumani fermerlari ayni paxta terim mavsumida lo‘kkillab hokimlik majlislariga qatnab yuribdi.

Har bir fermerga hokim yordamchisi yoki davlat byudjetidan ta'minlanadigan idora boshliqlari vakil (qorovul) qilib tayinlangan. Bir ishchiga o‘nta boshliq nimaga kerak?

Shuningdek, fermerlar oxirgi yillardagi yagona daromad manbai bo‘lgan sholini davlatga shartnomasiz noqonuniy topshirishga majburlanmoqda. Bu har yili takrorlanuvchi «yulg‘uch an'ana». Bu jarayonda ham hokim yordamchilari bosh-qosh.

«Minbarlarda bizga aytilgan gaplarning bari quruq safsata. Amalda fermerlar noqonuniy ishlar qilishga majburlanyapti. Fermerni hech kim himoya qilmaydi. Masalan, o‘tgan yili bir tumandan ikkinchi tumanga qonuniy olib borilayotgan paxta to‘xtatilib, fermerni IIBga olib borishgan, tushuntirish xati yozdirishgan va qilmagan ishlarini bo‘yniga qo‘yishga urinishgan. Xatto traktorchi va fermerni 15 sutkaga qamoqqa olishmoqchi bo‘lishgan. Atayin bosim qilishadi. Maqsad – bizni yo‘qotib, yerlarni kattaroq klasterga topshirish,» – deydi qonunsizlikdan bezgan fermerlar.

Bunday mantiqsiz qarorlar va kuchli bosim butun Respublika fermerlarini ezib yubordi. Fermerni azoblash mexanizmining muhandisi kim?

Tag‘in o‘qing
24 february 2017
Andijonda pensiya pullarini vaqtida ololmagan pensionerlar yana plastik kartochkadan foydalanishga o‘tmoqda. Joylardagi pensiya jamg‘armalari bo‘limlari oldida har kuni tumonat ...
26 september 2016
Bugun qishloqda eng muhim ish paxta yig‘im-terimi bo‘lib turibdi. Hokimiyat vakillari paxta bu siyosat ekanini aytib, o‘qituvchi va shifokorlarni, ...
20 june 2024
Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Rahimov imzosi bilan bugun viloyatdagi barcha tuman-shaharlarga quyidagi mazmunda xat chiqarilgan. “2024 yil 19 iyun ...
26 april 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...