Asosiy mavzular
3 october 2025

FT: Tramp va Putin o‘rtasidagi Ukraina muzokaralari barbod bo‘ldi

«Faynanshal Tayms» gazetasining yozishicha, Kreml Vashingtonning sahovatli takliflarini e'tiborsiz qoldirib, Ukrainani bombardimon qilishni davom ettirganidan so‘ng, AQSh prezidenti atrofidagilarning qarashlarida «tektonik siljish» yuz bergan.

Tramp urushni to‘xtatish evaziga Putinga o‘ta foydali bitimlarni taklif qilgan edi.

Bu kelishuv o‘z ichiga sanktsiyalarni bekor qilish, Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish hamda iqtisodiy hamkorlikni, jumladan, Arktikadagi konlarni birgalikda o‘zlashtirishni qamrab olgan edi.

Ammo Kreml o‘z kuchini noto‘g‘ri baholadi: Putin oyoq tirab turib oldi va Ukraina hududlarini taslim bo‘lishini talab qildi. Bu esa yarim yildan ortiq davom etgan va Alyaskadagi shaxsiy uchrashuv bilan yakunlanishi kerak bo‘lgan muzokaralarni barbod qildi.

Endilikda AQSh Kievga Rossiya energetika tizimiga zarba berish uchun ma'lumotlar bilan yordam berayapti, buning natijasida sentabr oyida beshta neftni qayta ishlash zavodi (NQRZ) to‘xtab qoldi va benzin inqirozi boshlandi.

Vashingtonning ritorikasi ham keskinlashdi. Masalan, maxsus vakil Kit Kellog Amerika armiyasi Rossiya harbiylari yordamida bosqinchi armiyaning «dumini tugishini» va'da qildi, Tramp esa Putinni «qog‘oz yo‘lbars» deya mazax qildi.

Tag‘in o‘qing
6 january 2026
O‘zbekistonda poraxo‘rlikka qarshi kurash davlat siyosati darajasida e'lon qilingan. Lekin ayrim jinoyat ishlari borki, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ular ...
22 january 2021
Salom, mening sadoqatli do‘stlarim va dushmanlarim! Sizlar bilan ekran orqali diydorlashishni bir hafta orziqib kutdim. Shodligu g‘amimni siz bilan ...
25 september 2025
Dunyoda ikki narsani yoqtirmayman, biri tsenzura, ikkinchisi anonim mualliflarning g‘arazli maqolasini chop etish. Jurnalist bu ikki xolatga rozi bo‘lish ...
28 january 2019
26 yanvar kuni Yangiobod turbazasi rahbari Ali To‘xtaevga Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 23 yanvarda chiqargan 42-qaror asosida Toshkent viloyati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...