Asosiy mavzular
17 october 2025

Rishtonda kambag‘allarga yer berib qarzga botirishmoqchi

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani. Ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida berilgan 14 sotix yer hozirda ular uchun og‘ir soliq botqog‘iga aylandi. Bu haqda Eltuzga tumandan murojaat kelib tushdi.

Murojaatchi so‘zlariga ko‘ra, dastlab yer “dehqonchilik qilish, oziq-ovqat yetishtirish, daromad topish uchun” berilgan, deb ta'kidlangan. Biroq keyinchalik soliq organlari tomonidan “suv solig‘i”, “ijara to‘lovi”, “boshqa qo‘shimcha soliqlar” deb nomlangan to‘lovlar orqali aholi 8–10 million so‘mgacha qarzga botirilmoqda.

“Fermer ham ijara to‘lamaydi. Unda 14 sotix yer olgan ishsiz, nogironligi bor fuqaro qanday qilib 10 million so‘m soliq to‘laydi? Qaysi qonun, qaysi qarorda bu jazo yozilgan?” — deydi murojaatchi.

Murojaatda ta'kidlanishicha, Rishtondagi mahalliy hokimiyat va soliq idoralari tomonidan fuqarolarga asossiz ravishda ijtimoiy soliq va ijara to‘lovlari yuklanmoqda, shuningdek, turli bahonalar bilan soliq qarzi yuzaga keltirilmoqda. Soliqchilar esa talablarni na qonun bilan, na hujjat bilan asoslashmayapti.

“Ro‘yxatda ko‘rinadi: Yer berildi, deyishadi. Lekin amalda yer ham yuk, soliq ham. Meni nomimga yer berishdi, yonimdagi xokim yordamchisi: 350-400 ming so‘m soliq bo‘ladi, boshqa narsa yo‘q, deb ishontirgan. Endi 10 million qarz chiqdi,” — deydi murojaat qiluvchi.

Uning aytishicha, ishsizligi va nogironligi bor bo‘lgan holda bu darajada soliq yuki yuklanishi — ijtimoiy yordam emas, balki qashshoqlikka yetaklash bilan barobar. Dehqonchilikni endi boshlayotgan odam 14 sotix yerdan yiliga 15–20 million to‘lab, qanday qilib foyda ko‘rsin?

Murojaat so‘ngida murojaatchi respublika darajasida mas'ul idoralardan unga munosabat bildirishni, soliq yuklarining qonuniyligi qayta ko‘rib chiqishni, hamda yer olib, qashshoq bo‘layotgan yuzlab fuqarolar taqdiriga e'tibor qaratishni so‘ragan.

“Bu darajada qiynaldik. Baraka topgurlar, kambag‘alni yer bilan emas, soliq bilan bo‘g‘ishyapti. Biz haqiqiy adolatni so‘raymiz,” — deydi Rishtonlik fuqaro.

Tag‘in o‘qing
17 february 2021
Bu Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi nochor oilaning uyi. Bu uyda Norbek xotini va ikki bolasi bilan yashaydi. U ...
4 june 2018
Muhammad Bekjonni 2002 yilning 30 aprelida Zarafshon zonasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxti ismli baqaloq podpolkovnikning oldiga olib kirishadi. U bilan ...
19 march 2023
1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi. Mitingni “Birlik” xalq harakati tashkil ...
8 march 2023
Klara Tsetkin xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol kurashchi edi. Uning ismi Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash bilan uzviy bog‘liqdir. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...