Asosiy mavzular
10 november 2025

Parkentda yangi uylar muammolari norozilikka sabab bo‘ldi

Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi “Parkentsoy” turar joy majmuasida xonadon xarid qilgan fuqarolar uylar sifati va sharoitidan norozilik bildirmoqda. Ular bu haqda Eltuz tahririyatiga murojaat qilib, muammolariga jamoatchilik e'tiborini qaratishni so‘ramoqda.

Sotuv vaqtida fuqarolarga uylar 2025 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi aytilgan. Ammo noyabr oyi kirib kelganiga qaramasdan, Xalq banki orqali berilishi kerak bo‘lgan uylar hali ham tayyor emas.

Prezident tashrifi arafasida shoshilib tayyorlangan va rasman foydalanishga topshirilgan ayrim xonadonlarda esa muhim kommunal muammolar mavjud. Qator uylarda umuman suv yo‘q. Kun davomida svet o‘chib turadi. Isitish tizimi hali ham ishga tushmagan. Yomg‘ir vaqtida beshinchi qavatdagi xonadonlar tomidan suv tomchilaydi. Uylarning ichki qismidagi ta'mir ishlari to‘liq yakunlanmagan, ba'zi joylari qulab tushmoqda.

Fuqarolar tomonidan tuman hokimligiga bir necha bor murojaat qilingan. Biroq har safar «ertaga kamchiliklar bartaraf qilinadi», «keyingi hafta topshiramiz» degan so‘zlar takrorlanishda davom etmoqda.

Murojaatda aytilishicha, fuqarolar topshirilmagan uylarni ham, muammolar bilan berilgan uylarni ham endigina emas, ilk kunlaridanoq qiyinchilik bilan qabul qilib olgan. Ularga ko‘ra, bu kabi loyihalarda mas'uliyat va sifat nazorati birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak.

Tag‘in o‘qing
9 may 2017
Bu haqda mahalliy o‘zbek matbuotida ilgari yozilmasdi. Garchi O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi qator yillardan buyon O‘zbekistondagi majburiy mehnat tizimini ...
9 august 2021
Joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga iqtidordagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoev nomzodini ilgari surdi. ...
16 march 2018
Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha 15 mart kuni o‘tgan sud majlisida Respublika sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jurnalistga nisbatan qiynoqlar ...
30 january 2020
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoeva 29 yanvar kuni arizalariga ko‘ra lavozimlaridan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...