Asosiy mavzular
23 december 2025

Jazoni ijro etish tizimida korruptsiya da'volari

Eltuz manbalariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti tizimida yillar davomida korruptsiyaviy sxemalar shakllangan bo‘lishi mumkin. Xususan, departamentning sobiq rahbari sifatida tilga olinayotgan polkovnik Tursunov Rustam Rahmonovich hamda uning yaqin hamkori deb ko‘rsatilayotgan polkovnik Qodirov Zavqiddin G‘aybullaevich faoliyati yuzasidan jiddiy da'volar ilgari surilmoqda.

Manbalarning aytishlaricha, Qodirov Zavqiddin avval Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish tizimida rahbarlik lavozimida ishlagan. Korruptsiya bilan bog‘liq holatlar sabab ishdan olingan. Shunga qaramasdan, keyinchalik u Tursunov Rustam Rahmonovich tomonidan yana yuqori lavozimga tayinlangan. 

Manbalar ushbu ikki mulozim orqali Navoiy, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxidan ancha qimmat baholarda, tanish tadbirkorlar orqali yetkazib berilganini da'vo qilmoqda. Bu jarayonda tadbirkorlardan noqonuniy ravishda “otkat” pullari olingani, mablag‘lar esa Qodirov Zavqiddin orqali yig‘ilib, Tursunov Rustamga yetkazilgani aytilmoqda.

Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilgan g‘isht, ohak va boshqa qurilish materiallari ham manfaatdor shaxslar tomonidan o‘zlashtirilgani haqida ma'lumotlar keltirilmoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Jasliq koloniyasining Navoiy viloyati Zarafshon shahriga ko‘chirilgan. Yangi turma muassasasi qurilishi yopiq tender orqali Navoiy shahrida ro‘yxatdan o‘tgan, Qiziltepa tumaniga mansub bo‘lgan “Sharq qurilish” xususiy korxonasiga berilgan. Manbalarga ko‘ra, ushbu korxona rahbari sifatida Shuhrat ismli tadbirkor tilga olinadi va u Tursunov Rustam Rahmonovich hamda Qodirov Zavqiddin bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Bundan tashqari, Navoiy shahri, Qiziltepa tumani va Zarafshon shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari bir necha yil davomida hech qanday tender o‘tkazilmasdan, bozor narxidan yuqori baholarda yetkazib berilgani haqida da'volar mavjud. 

Ko‘chmas mulk masalasida ham qator qoidabuzarliklar tilga olinmoqda. Aytilishicha, Toshkent shahri va Navoiy shahri hududlarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan kvartiralar uy-joyga muhtoj bo‘lmagan ayrim xodimlarga arzon narxlarda, tanish-bilishchilik asosida taqsimlangan. Bu jarayonlar ham Tursunov Rustam imzosi bilan amalga oshirilgani iddao qilinmoqda.

Manbalar, shuningdek, Tursunov Rustam va Qodirov Zavqiddin nomiga yoki ularga yaqin shaxslar, jumladan, Qodirov Zavqiddinning shar'iy nikohida bo‘lgan Hurriyat ismli ayol, shuningdek Tursunov Rustamning shar'iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i Feruza ismli ayol nomiga Navoiy va Toshkent shaharlarida kvartiralar, yer uchastkalari hamda boshqa qimmatbaho mol-mulklar rasmiylashtirilganini ta'kidlamoqda.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar yuzasidan Eltuzda hozircha vakolatli idoralar rasmiy munosabati mavjud emas.

Tag‘in o‘qing
28 november 2025
O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurmuhammedov Daniya Qiroli Fredrik 10-nchiga Skandinaviyadagi Daniya qirolligining ilk elchisi sifatida O‘zbekiston davlatining ishonch yorlig‘ini topshirdi. 
20 november 2025
Ma'lumotlarga ko‘ra, 15-sentyabr kuni soat 14:30 atrofida Sariosiyo tumanidagi Afrosiyob mahallasida er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan.  Erkak ovqat yo‘qligidan ...
4 april 2021
O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan Nozim Jumaev birinchi aprel kuni Buxoroda ko‘mildi. Bundan oldin u ...
15 january 2020
Qashqadaryo viloyati Koson shahri ichki ishlar xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklangan Rustam Hamroev ikki yildan buyon adolat izlamoqda. Toshkentlik huquq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...