Asosiy mavzular
31 december 2025

Hokimlar «rokirovkasi»: Sabablar, oqibatlar va horijiy tajriba

2025 yil davomida ham O‘zbekiston mahalliy boshqaruv rahbarlari — hokimlar — tez-tez almashtirilganini kuzatdik. 

Bu tendentsiya ayniqsa oxirgi yillarda sezilarli bo‘lib, afsuski, islohotlarga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. 

Avvalo, nega hokimlar tez almashadi? Hokim ketsa nima bo‘ladi? Birinchidan, rahbar mahalliy sharoit va jamoaga to‘liq moslashib ulgurmasdan yana yangi lavozimga tayinlanadi yoki lavozimdan chetlatiladi. Bunda boshqaruv uzluksizligi yo‘qoladi, barqaror rivojlanish strategiyasi bo‘yicha harakatlar izdan chiqadi. 

Avvalgi hokimlar bergan va'dalar bajarilmasdan qolib ketaveradi. Natijada xalq ham, investorlar ham hudud kelajagiga ishonmay qo‘yadi. 

Ayrim rahbarlar ketar jafosida lavozimni o‘z manfaatlari yo‘lida ochiqcha suiste'mol qila boshlayapti. Har qanday tizimda aybdorlar bo‘lishi tabiiy, biroq O‘zbekistonda hokimlarining taxminan 30 foizi mansabni suiste'mol qilish aybi bilan ishdan ketadi, qolganlari esa nomiga aybsiz bo‘lsalar ham, aniq bir sababi aytilmasdan ishdan bo‘shatiladi. Bu holat kadrlar siyosatining shaffof emasligidan dalolat beradi.

Qolaversa, tuman va shahar hokimlarning soyasi yupqa. Kimdir (bloger, ijtimoiy faollar) qattiq tanqid qilib qo‘ysa hokimdan izoh ham so‘ramasdan ishdan olib tashlanadi. 

Mahalliy boshqaruvga markaziy boshqaruvning ta'siri juda katta. Prezident yoki yuqori tuzilmalar tomonidan oldindan belgmlanmagan topshiriqlar bitta tumanning yillik rejasini o‘zgartirib yuboradi, qolaversa, yillik byudjet taqsimotida bunday topshiriqlar ko‘zda tutilmaydi.

Byudjetsiz hokim xalqni rozi qilolmaydi, xalqni rozi qilish evaziga tepani norozi qilib bo‘lmaydi.  Quyi tizimdagi hokim xohlasa ham o‘zi biror bir o‘zgarishga qo‘l urolmaydi. Biror katta qurilish boshlagan hokimga yuqoridan «davay, buz» degan topshiriq kelsa, ilojsiz buzib tashlaydi. 

Hokimlar tez-tez almashishi jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlarni yuzaga keltiradi. Birinchi navbatda, uzoq muddatli rejalashtirish va rejalarni izchil amalga oshirish tartibi yo‘qoladi. Rejali ish bo‘lmagan joyda o‘sish, rivojlanish to‘xtaydi. Bu holat kadrlarni real muammolarni hal qilishga emas, balki tez orada yuzaki ish bilan o‘zini ko‘rsatishga undaydi. Hududdagi haqiqiy muammolar esa hal etilmay qolaveradi. 

Xorijdagi demokratik samarali boshqaruv tizimlarida uzoq muddatli rahbarlik samarador hisoblanadi. Masalan, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda mahalliy rahbarlarning lavozim muddati belgilab qo‘yilgan (masalan, AQShda shaharlar merlari va kengash rahbarlari odatda bir necha yillik majburiyat bilan ishlashadi), bu ularga uzoq muddatli investitsiyalar, islohotlar va strategik rejalarni amalga oshirish imkonni beradi. Shu asnoda mahalliy iqtisodiyot rivojlanadi, xizmatlar sifati oshadi va jamoatchilik ishonchi ortadi. Bundan tashqari, aniq mezonlar asosida tayinlash va ishdan ketish tajribasi ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘zbekistonda esa qisqa muddatda lavozimini boshqaga topshirishi aniq bo‘lgan hokimlar ishlashga, biror bir yangilik qilishga ham qo‘rqib yashashadi. Aksi bo‘lsa ham ya'ni yangi hokimlar tushunmagan, moslashmagan muhitda yangi rejalarni joriy qilishga kuch sarflashadi, natija yana samarasiz bo‘ladi, asosiy vazifalar yana chetga surilib qolaveradi. 

O‘zbekistonda hokim vakolat va majburiyatlari tizimini takomillashtirish, joylarda o‘zgarishlar samarador bo‘lishi uchun mukammal kadrlar siyosatini yo‘lga qo‘yish vaqti kecha kelgandi. Ishdan chetlatish mezonlari, rahbarlar uchun aniq vazifalar va natija ko‘rsatkichlari tizimi joriy etilishi kerak. Uzoq muddatli boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish zarur. Shu bilan birga, rahbarlar uchun kuchli jamoatchilik nazorati, ochiqlik va hisobdorlik mexanizmlari joriy etilishi shart.

Tag‘in o‘qing
17 august 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
8 july 2016
Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosini ta'mirlash bahonasida vayron qiliniyotgani ijtimoiy tarmoqda baxslarga ...
10 february 2022
Ulug‘bek Tursunov yana avvalgi kursisi – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. Xodimlar orasida ...
14 october 2025
Noma'lum shaxslar Dortmunddagi «Rombergpark» botanika bog‘idan kamyob Amorphophallus titanum gulining tugunagini o‘g‘irlab ketishdi. Uning g‘unchasi 30 kilogrammgacha tosh bosadi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...