Asosiy mavzular
26 january 2026

Namanganda ekstremal o‘yingoh yo‘q qilinadi

Namangan viloyati Pop tumani Guliston mahallasida joylashgan ekstremal o‘yingohni hokimlik buzdirmoqchi.  O‘yingohni 2019 yilda tadbirkorlar o‘z hisobidan qurishgan. Barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan,  2023 yilda Guliston mahallasi aynan shu o‘yingoh sabab ekstremal turizmga qiziquvchi sayyohlar orasida mashhur bo‘lib ketdi. 

2026 yil yanvar oyida Pop tuman hokimligi o‘yingoh noqonuniy qurilgan degan vaj bilan attraktsionlarni buzdirib tashlamoqda.

«Ba'zi attraktsionlarni hokimlik o‘zi buzyapti.  Boshqalarini esa egalari demontaj qilsin deb majburlamoqda. Ziplayn,  osma ko‘priklar,  zinalar qanchadan-qancha turistlarni jalb qilar edi.  Hujjati yo‘q deb buzib yuborishyapti. Amaldor degani shunchalik ham ichi qora bo‘ladimi?  Hujjatlashtirishga yordam berib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mumkin ediku?»

O‘zbek amaldorlari Singapur iqtisodiy mo‘jizasi haqida to‘lib-toshib gapirishadi. O‘sha Singapurda tadbirkor o‘z ishini internetda rasmiylashtira oladi. Barcha hujjatlar bir kun ichida onlayn bitadi.  O‘zbekistonda esa yillar davomida ishlab turgan ob'ektlarni poylab yurib yo‘q qilib yuborish trendga aylangan.

Pop tumani hokimligi o‘yingoh xavfsizlikni nazoratga olib,  doimiy tekshirib, xavfsizlik va modernizatsiya uchun tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berishi mumkin edi. Biroq hokimlik ma'muriy vayronkorlik yo‘lini tanladi.

Ko‘rinishdan bu attraktsionlar mahsus texnik chizmalar asosida,  professional mutahassis injenerlar tomonidan loyihalanmagan. Shu sababdan 6 ishlagan o‘yingoh aynan xavfsizlik masalasida jiddiy qo‘rquvlar uyg‘otgan bo‘lishi mumkin. U holda hokimlik nega buzdirishni 6 yil kutgani qiziq.

Tag‘in o‘qing
17 april 2018
O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligining Tashqi migratsiya agentligi tomonidan Rossiyaga rasman ishga jo‘natilgan yigitlar odam savdosi qurboni bo‘lganini aytmoqda. ...
26 november 2023
kun.uz muxbiri Bobur Akmalov tolibon formatidag propaganda bilan shug‘ullanib xotin qizlarning O‘zbekiston konstitutsiyasi kafolatlagan huquqiga shak keltirmoqda. Menimcha u ...
19 february 2021
O‘zbekistondagi qo‘g‘irchoq partiyalardan biri bo‘lgan “Milliy tiklanish” partiyasining o‘z ta'biricha “prezident tayinlagan” rahbari Alisher Qodirov so‘z erkinligiga fe'lan qarshi ...
19 june 2025
Qashqadaryoda urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi fermerlar  xonavayron bo‘lmoqda.  Fermerlar  viloyat hokimining qishloq  xo‘jalik  masalalari bo‘yicha  birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqovning xurmacha  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...