ART-DURBIN
25 july 2016

Buxoro darvishlari qanday qilib Sibirni ishg‘ol qilgan edi

rasm1694
Sibir buxoriysi, «Rossiya imperiyasi liboslari», Edvarda Xarding, London, 1803

XIV asr oëqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “ë Ollox do‘st, ë Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. Naqshbandiy tariqati a'zolari bo‘lgan Buxoro so‘fiylari shomonlarga topingan Sibir totorlari, ëqut, oltoy, karëq va nanaylar o‘rtasida islomni ëyishdi.

rasm1695
Buxoroliklar, o‘zbeklar va qozon tatarlari. Ye. M. Korneevning «Rossiya xalqlari…» kitobiga illyustratsiya, 1818

Buxorodagi naqshbandiya pirlariga qo‘l berib, ularning duosi bilan Sibirga kelgan darvishlarning avlodlari Sibirda o‘zlarini “buxorolik”, “sart” ëki “o‘zbek” deb atashgan. Buxoriylar asosan Tyumen, Omsk va Tomsk viloyatlariga ëyilgan.

Bu hududlarda o‘z davrining ilg‘or yasham tarzini tamsil qilgan ilk “Buxoriy” qishloqlari paydo bo‘lgan. Bundan tashqari ular totorlar yashaydigan ovullar va Tyumen, Tobolsk, Tara, Tomsk kabi ma'muriy markazlarga yaqin hududlarda ham istiqomat qilishgan.

Sibir buxoriylari yuz yillar mobaynida mahalliy totorlar bilan yaqin munosabatga kirishib, qiz olib qiz berib quda-anda bo‘lishgan. Antropologlarga ko‘ra, aynan buxoriylar zamonaviy sibir totorlari zehniyatini shakllantirgan asosiy komponentdir.

Sibir ruslar tarafidan ishg‘ol qilinishidan oldin Buxoro savdogarlari Sibirda Turkistondan keltirilgan mollar bilan barakali savdo-sotiq bilan shug‘ullanganiga oid bilgilar bor. Aynan buxoriylar Sibirda ilk bor teriga ishlov berish, gilamu-sholcha to‘qish kabi hunarmandchilika asos solishgan.

rasm1697
«Tarantasda Sharqiy Rossiya bo‘ylab 1856 yil kuzidagi sayohat», Uilyam Spottisvud, London, 1857

Yaqin tarixda Tyumen, Tobolsk va Taradagi mashxur teri va gilam do‘konlari buxoriylarga oid bo‘lgani ma'lum. Pirovardida buxoriylar avlodlaridan yirik boylar,tadbirkoru savdogarlar yetishib chiqdi.

Sibirdagi chorvador, qassob, izvoshchi, aravakash va oltinga ishlov beruvchi ustalar asosan buxoriy avlodlari bo‘lgani aytiladi. Avlod almashish asnosida buxoriylar o‘zlarini totorlar deb ayta boshlagan. Ayni paytda ular o‘z ajdodlarining Buxorodagi naqshbandiy pirlariga borib taqalishini alohida fahr va iftixor bilan eslashdi.

(Maqola Sibir o‘lkashunoslik kutubxonasi materiallari asosida ëzildi)

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif taxallusi

Tag‘in o‘qing
5 may 2016
Turkiyada o‘zbekistonlik er-xotin turkiyalik taniqli yahudiy tadbirkor Jak Karako va uning rafiqasi Jorjiya Karakoni o‘ldirganlikda ayblanib, 2014 yili hibsga ...
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
25 august 2016
Prezident farmonida, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori ...
6 january 2026
O‘zbekistonda poraxo‘rlikka qarshi kurash davlat siyosati darajasida e'lon qilingan. Lekin ayrim jinoyat ishlari borki, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ular ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...