Document UZ
7 december 2017

Karimova o‘g‘irlagan pullarni O‘zbekistonga qaytarishga hali erta

1 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tashkilotlari – Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi va O‘zbek-german inson huquqlari forumi Vashingtonda 2017 yil 4-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘g‘irlangan aktivlarni qaytarish bo‘yicha forum homiylari, tashkilotchilari va ishtirokchilariga sobiq diktator Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova tomonidan o‘g‘irlangan aktivlar atrofidagi vaziyatga e'tibor qaratish maqsadida murojaat etdi.

«Ta'kidlash kerakki, hozirgi kunda O‘zbekistonda avtivlarni va jamiyat boyligini qaytadan o‘g‘irlashga to‘siq qo‘yishi mumkin bo‘lgan korruptsiyaga qarshi islohotlarga hatto kirishilmagan; mamlakatda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi biror-bir hujjat hali ham yo‘q; davlat amaldorlari va parlament a'zolarining o‘z daromadlari va aktivlari haqida majburiy deklaratsiya topshirishi tizimi joriy etilmagan; shaffof va jamiyatga hisobdor bo‘lgan davlat xaridlari va litsenziyalarni taqsimlashning tanlov tizimi mavjud emas; ijro hokimiyatidan mustaqil bo‘lgan adolatli sud tizimi hamon yaratilmagan; advokatura Adliya vazirligining ma'muriy bosimi va milliy xavfsizlik organlari nazoratida turibdi. Mamlakatda davlat mablag‘lari bilan bog‘liq shaffoflik va hisobdorlik standartlari hozircha qaror topmagan. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mustaqil organlar hamon yo‘q. So‘z va matbuot, uyushma va yig‘inlar erkinligining haqiqiy kafolati mavjud emas. Buning oqibatida davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilikning samarali nazorati o‘rnatilmagan», deyiladi jumladan maktubda.

Murojaatning to‘liq matni bilan bu yerda tanishing.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 august 2020
Yer Quësh atrofida aylanishda davom etarkan, yetti kechayu kunduz kechdi. Hafta aylanib yana siz bilan yuzma-yuz bo‘ldim. Dard to‘kib ...
24 november 2025
Men o‘zbek segmentidagi Facebook’ni juda yaxshi ko‘raman — haqiqiy yangiliklar portali: tsenzurasiz, to‘siqsiz, hech qachon hech kim ën bermaydigan  ...
28 april 2020
Davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga jarima solishni ko‘zda tutgan qonun loyihasi O‘zbekistonda yashovchi rus tilli ...
16 december 2019
«Va'daboz deputatlarni saylab charchadingizmi, unda «Qo‘ldan kelgancha» partiyasiga ovoz bering». Telegram va yutub tarmog‘ida 2019 yilgi saylov kampaniyasi hajv ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...