Document UZ
28 september 2025

Majburiy mehnatni sog‘inganlar uchun kichik statistika

O‘zbekistonda paxta terimiga majburiy jalb qilish bilan bog‘liq holatlar avj olmoqda.

«Sen termasang, men termasam – kim paxta teradi, Eltuz?» Izohlarda shunday savolni paxtakorlar ko‘ndalang qo‘ydi. Javob esa shunday, yaxshi ish haqi to‘lansa terim ishlari qishloqdagi dehqondan ortmaydi.

Odamlarni dalaga quvib arzimagan chaqaga paxta terdirish davri o‘tdi. O‘sha davrni sog‘ingan paxtakorlarning birortasi dalaga chiqib o‘zi paxta termaydi. Quyida esa majburiy terim borasidagi statistika:

Shu yilning o‘zida majburiy mehnat bo‘yicha 11 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mutasaddilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumida xodimlar faoliyati monitoringi davomida 3 ta holatda majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlandi, deyiladi  Senat matbuot xizmatida. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, monitoring Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnatni ta'minlash masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mutaxassislar 300 dan ortiq holatda terimchilar va ish beruvchilar o‘rtasida rasmiy mehnat munosabatlari o‘rnatilganini qayd etildi.

Biroq yana 11 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilgani, 3 ta holatda esa majburiy mehnat holatlari ham aniqlangan. Natijada huquqtartibot idoralari mas'ul shaxslarga nisbatan 49- (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) va 51-moddalar (Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan ma'muriy choralar ko‘rdi. Vazirlik bunday holatlarni qoralab, nafaqat paxta yig‘im-terimida, balki, barcha sohalarda majburiy mehnatga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.

Avvalroq Sariosiyo tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Toshmatova mahalla faollaridan 5 nafardan odamni dalaga olib chiqishni talab qilgani, rad etganlarni esa “insofsizlar” deb haqorat qilgani haqida xabar berilgandi. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi bu ishni o‘z nazoratiga oldi. 

Eltuzga Qashqadaryo MTK xodimlari ham paxtaga majburiy chiqarilgani haqida xabarlar kelib tushgan edi. Video tasvirda viloyatning taniqli jurnalistlari paxta dalasida tarvuz yeb o‘tirgani aks etgan. 

Statistika ma'lumotlariga ko‘ra,  2024 yilda  paxta maydoni 1 million gektar ekan edi. Majburiy mehnat holatlari harbiy xizmatchilar, bank xodimlari, tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida ko‘p kuzatilgan. Paxta dalalalriga texnika jalb etish ham samarasiz bo‘lgan. 100 gektarlab yerlarda paxtalar uvol bo‘lgan. Yig‘ishtirib olishga ishchi kuchi yetmagan. Bundan esa xulosa chaqarilmadi,  2025 yilda  1,1 million gektar yerga paxta ekildi. Majburiy mehatga jalb etish holatlari yanada avj olmoqda.

Ma'lumot uchun, 1 kishi 1 kunda o‘rtacha qo‘lda taxminan 80–120 kg paxta tersa, paxta terimi tugaguniga qadar u terimda 30-45 kun dqtnashishi kerak.  Terim mavsumi taxminan ushbu davrda  40 kunda 3-4 ming dollargacha  pul ishlashi mumkin.  1,1 million gektar × 25 tsentner = 27,500,000 tsentner = 2,750,000 tonna paxta hosil beradi.  Umumiy paxta hosilini terish uchun minimum 2 ,750,000 tonna / 4 tonna (1 ishchi) = minimum 687,500 ishchi kuchi kerak.

Biroq paxta dalalalriga ishchi kuchini jalb qilish ancha dolzarblgicha qolmoqda. Fermer bilan aholi pul oldisida muammo bo‘layotgani, davlat belgilagan narxda terimga pul to‘lamayotgani ham kaholini paxta dalasiga chiqishdan qaytarmoqda. Dalalarda hosil mo‘l, terimga odam yo‘q. Bu esa majburiy mehnatning avj olishiga sabab bo‘lmoqda.

Tag‘in o‘qing
13 may 2023
2005 yilning 13 mayida O‘zbekiston hukumati harbiylari tomonidan Andijonning Bobur maydonidagi begunoh odamlar otilgandi… O‘sha kuni saharda Andijonda qo‘zg‘olonchilar ...
22 march 2019
Ushbu maqola «Eltuz» muxbirining bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari asosida tayyorlandi. Maqolada gap tadbirkorlarga ochiqcha tahdidlar qilib, ...
10 december 2023
“Changak bo‘lasan changak, Osmona garib angak”. Javlon Sapaevning changak lazgisi X Factorni ontarib tashadi!!! Calom xonimlar va janoblar, yaxshilab ...
14 september 2018
«O‘zbekiston 24» kanalining kiyinish madaniyati «tanqid qilingan» 12 sentyabr kungi «Xalqaro Press klub» ko‘rsatuvida TV jurnalistlarining o‘zlari etika qoidalarini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...