Document UZ
5 january 2026

“Barqarorlik reytingi”da kiritilgan o‘zgarishlar nega amalga oshmayapti?

So‘nggi kunlarda bir qator tadbirkorlar Vazirlar Mahkamasining 662-son qaroriga muvofiq “Barqarorlik reytingi”da kiritilgan o‘zgarishlar amalda to‘liq aks etmayotgani haqida Eltuzga murojaat qilmoqda. 

Ularning aytishicha, yangilangan tartib kuchga kirganiga vaqt o‘tganiga qaramay, reyting ko‘rsatkichlari kutilganidek hisoblanmayapti, ayrim holatlarda ballar pasayib ko‘rinmoqda. Bu esa tadbirkorlar uchun moliyaviy rejalashtirishda qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgani ta'kidlanmoqda.

Murojaatchilarning bildirishicha, muammo bo‘yicha Soliq qo‘mitasining ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilinganda “baza yangilangani sababli to‘laqonli ishlamayapti” mazmunida javoblar berilgan. 

Shu bilan birga, tadbirkorlar QQS qaytarish jarayonlarida ham kechikishlar kuzatilayotganini, bu esa aylanma mablag‘ga ta'sir qilayotganini qayd etmoqda.

Tadbirkorlar reyting hisoblash mexanizmi, ma'lumotlar bazasi qachon to‘liq yangilanishi, shuningdek, QQS qaytarish bo‘yicha texnik va tashkiliy choralar haqida rasmiy tushuntirish berilishini so‘ramoqda.

Tag‘in o‘qing
19 may 2017
O‘zA tomonidan davlat arbobi Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab tayyorlangan maqolani mamlakatning bir qancha gazetalari bosdi. Sh.Rashidov bilan ...
19 february 2019
Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida ...
7 april 2023
Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari ...
2 october 2018
Taniqli o‘zbek shoirasi 59 yoshli Zulfiya Mo‘minova respublika TVsi orqali o‘qib bergan yangi she'rida bolani «dunyolardan bexabar oq kaptar»ga, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...