Document UZ
12 january 2026

Hududgaz qo‘qonliklarni aldamoqda

Qo‘qon shahridagi Istiqbol mahallasida gaz o‘chdi. 10 kundan beri o‘choqda qaynayotgan granit qozon qorayib ketdi. Mahalla ahlining ta'kidlashicha, xonadonlarga yangi yil bayramida bir kunguna gaz berilgan. Shundan buyon gaz o‘chgan. Bayramgacha ham gaz ta'minotida muntazam uzilishlar bo‘lgani ma'lum.

Hududgazning Qo‘qon shahar bo‘limi esa gaz profilaktika uchun bir kungagina o‘chirildi deb xabar tarqatmoqda. Yuqoridagi xabarga ko‘ra, mahalla gaz ta'minotidan 10 yanvar kuni soat 9 dan 17 gacha uzib qo‘yildi. Aslida esa yil boshidan buyon uylarda gaz yo‘q.

“Bu nima maynavozchilik? Gaz bayram o‘tgach o‘chdi, hech qanday ogohlantirishsiz gazni uzib qo‘yishdi. Endi ustimizdan kulgandek, yolg‘on e'lon tarqatishyapti…”

Hududgaz, aholini gaz ta'minotidan uzib, yolg‘on axborot ulashayotganingiz sababi nima? Bu yolg‘onga qaysi kattakon ishonishi kerak?

Tag‘in o‘qing
10 september 2022
10 sentyabr kuni «Ilxom» teatrida premerasi kutilgan «Yer ostidagi qizlar» (Underground Girls) spektakli O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi Ëqub ...
25 september 2018
Bu yil bahordagi yig‘ilishda fermerlarga achchiq qalampir ekish topshirildi.  Bunga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi qarori ijrosini ta'minlash asos qilib ko‘rsatildi. ...
17 september 2020
O‘zbekistonda 2021 yildan bojxona xodimlarining farzandlari tavsiyanoma bilan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qishga tanlovsiz qabul qilinishi mumkin. Vazirlar ...
18 february 2025
18 fevral kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Askiya Siti”dagi nolegal qurilish maydonida yana bir fojia sodir bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...