Catira
28 january 2019

Nukusda tug‘ilgan uch egiz qizga Shavkat, Miromon, Mirzië ismi qo‘yildi

24 yanvar kuni Nukusda Jumamuratovlar oilasida tug‘ilgan uch egizak qizga prezident ismlari berildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» gazetasi xabar berdi. «Eltuz» muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, qizlarga oldin Osië, Robiya va Maryam deb ism qo‘yishgan, ammo mahalliy hokimlikdan olinadigan sovg‘a ta'masida qizlarga erkak prezidentning ismi qo‘yilgan.

28 yanvar kuni bu oila “Kobalt “ avtomobilini sovg‘a sifatida olgan.

2018 yilning dekabrida uch egizakka prezident ismini bergan toshkentlik Qorëg‘dievlar oilasi «Kobalt» avtomobili bilan siylanganidan so‘ng bu an'ana mamlakat bo‘ylab davom etdi.

Qo‘qonda tug‘ilgan va prezident ismi qo‘yilgan egizlarning ota-onasiga ham mashina berildi.

Shu oyning boshida Qashqadaryoning Chiroqchisida yashovchi 25 yashar Sadoqatxon ham shu niyatda uch egizak o‘g‘liga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlarini qo‘ydi.

Buxoroda, Qo‘qonda, Toshkentda tug‘ilgan egizaklarga ham prezident ismlari berildi.

Andijonda tug‘ilgan uchta egiz bolaga prezident ismi qo‘yilmagani uchun sovg‘a olishmadi.

Prezident ismlarini qo‘yib mukofot olish an'anasi marhum prezident Karimov davrida shakllangan edi.

2015 yili Qoraqalpog‘istonning Ellikqal'a tumanida tug‘ilgan Islom, Abdug‘ani va Karimlar oilasiga tuman hokimligi sog‘in sigir sovg‘a qilgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 april 2024
Rasmdagi xotinni otib o‘ldirish uchun olib ketishmoqda. U Vetnamlik tadbirkor. Vetnamning Ortiqxo‘jaevi. Vetnam sudi tadbirkor Chыong Mi Lanni o‘limga ...
13 december 2016
O‘zbekistonda Karimov o‘rniga prezident bo‘lib Shavkat Mirziyoevning saylanishi, jamiyatdagi oliy mansabdor shaxsini ulug‘lash ritorikasini o‘zgartirmadi. Bu og‘riqli muammoni aks ...
14 february 2017
O‘zbekiston poytaxti Toshkent va boshqa shaharlarida, o‘tgan yili, taniqli qo‘shiqchilar tashkil qilib kelgan “Sevishganlar kuni” nomli kontsertlar to‘xtatib qo‘yilgandi. ...
25 october 2015
Bugun dunyo matbuoti Rossiya migratsiya xizmati va politsiyasi ushlagan tojik oilasining olib qo‘yilgan besh oylik emizikli bolasi Umarali Nazarov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...