Asosiy mavzular
10 february 2019

Turk seriallariga nafrat negizidagi illyuziya

O‘zbek jamiyatidagi muhofazakor qatlamning turk seriallariga qarshi «jihodi»ning ajablanadigan joyi yo‘q. Aslida bu masalaning ildizi psixologik mavzu. An'anaviy muhofazakorlarning bu ruhiy holati ularning shuuri ostida yashiringan fantaziya va illyuziyaning reallik bilan to‘qnashuvidan kelib chiqadi.

Masalan, Erdo‘g‘on Turkiyasi tasavvurida bir xil hayot tarzidagi an'anaviy jamiyat mavjud. Yoki ular shunday bo‘lishini, shunday ko‘rmoqni orzulaydilar. Lekin real hayot boshqa, turk jamiyatining aksari o‘zini g‘arb madaniyatining ajralmas bir parchasi deb biladi. Hatto dindorlari ham.

Ya'ni Turkiya ko‘p madaniyatli, rangli kosmopolit bir jamiyat. Shuning uchun bu toifaning turk seriallarga qarshiligida asosiy negiz “axloq” emas, balki bu seriallarning manbasi.

Ular xayollarida tasavvur etganlari, ideallashtirilgan islomiy madaniyat o‘chog‘idan kelayotgan axborotni hazm qila olmayaptilar, xolos. Bu «tolibon» kallalar o‘zlari yaratgan illyuziyada yashaydilar, kayflari tarqalgach, har tarafga nafrat sochadilar.

Turkiyada axloq normalari o‘zbeklarnikidan, albatta, farqli. Hatto islomiy, muhofazakor guruhlar orasida ham bizning o‘zbek “ma'naviyatchilar” uchun dahshatli tuyulgan manzaralar normal holat hisoblanadi. Eng muhimi, ijtimoiy-madaniy ma'noda ochiq bir jamiyat hisoblangan Turkiya xalqida samimiyat bor, riyokorlik yo‘q.

Har xil niqob orqasiga yashirinib, “axloq” posbonligi qilishmaydi. Bizdagi an'anaviy, nisbatan yopiq jamiyatlarda esa “usti yaltiroq” bo‘yalgan axloq normalari mavjud. O‘g‘ri ham, buzuq ham boshqasiga, o‘z doirasidan bo‘lmaganlarga ma'naviyat va'zi berishga intiladi. Bu riyokor “madaniyat” posbonlarining oqimga qarshi suzishidan boshqa narsa emas.

Dunyo o‘zgaraveradi, taraqqiyot davom etadi.

Bahodir Fayz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 september 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi va boshqalarniki ham aniq ...
28 october 2025
O‘g‘uz va Gulnor bir-biriga qaradi. O‘g‘uz Gulnorning ko‘zlarida hech qachon ko‘rmagan bir porlashni ko‘rdi. Ismoillidagi rasmiy ziyoratdan so‘ng, o‘rmonda ...
8 august 2020
Britaniyaning Hertfordshire Press nashriyoti keng o‘quvchilar e'tiboriga o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin ko‘zyoshlar” deb nomlangan she'riy to‘plamini taqdim etdi. ...
15 september 2017
So‘zsiz surat. Rassom Tuz Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...