Ko‘zqarash
1 may 2015

Ro‘zi Nazar – bizga yalovbardor edi

Bugun olamdan o‘tgan Ro‘zi Nazar aka biz kabi temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ta'sir o‘tkazgan yalovbardor edi.

U kishi chop etgan «Hur Turkiston uchun istiqlol gazetasi» ni hali Sovet Ittifoqi mavjud bo‘lgan saksoninchi yillarda Urganchdagi rassom do‘stlarim bilan yashirincha mutoala qilar edik.

G‘arbiy Germaniyada nashr qilingan bu gazeta bizga Vengriya va Boltiqbo‘yidagi rassom do‘stlarimiz orqali yetib kelar edi.

Biz ilk bor dastasida bo‘ri shakli bor yo‘l yo‘l turkiston bayrog‘ini ana shu gazetada ko‘rgandik.

Ro‘zi Nazar aka Sovet Ittifoqi degan mamlakatda ko‘zi ko‘r qulog‘i kar tili lol bo‘lib yashagan ziëlilarning zehniga ta'sir qila olgan edi.

Ro‘zi aka bahtli inson. U SSSRning parchalanishi¸ bolshevizmning mag‘lub bo‘lishi Turkiston tuproqlarning ruslardan ozod bo‘lishini orzu qildi va bu orzusiga erishdi.

Marhum zakiy inson edi va u kishining umri mazmunli va dedektiv film kabi qiziqarli kechdi.

Bu rasmdagi ko‘zoynakli kishi Ro‘zi Nazar bo‘ladi. Ro‘zi Nazarning qizi Zulfiya (Silviya) Nazar Hollivuddagi eng mashxur ëzuvchilardan biridir.

Ro‘zi akaning yaqinlariga hamdardlik bildiraman va Turkiston botiri bo‘lgan bu og‘amizning joylari jannatdan bo‘lsin deya duo qilaman.

Shuhrat Bobojon,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2018
Andijon shahrida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqlar shu hafta boshidan butunlay olib tashlanmoqda. Yo‘l patrul xizmati xodimlarining ta'kidlashlaricha, bunga shaharda ...
11 january 2023
Toshkentdagi Lunacharskiy, 1-conli hukumat statsionari va Toshkent tashqarisidagi Do‘rmon oromgohi, 3 yanvardan 20 yanvargacha faqat hokimlarga xizmat qilish uchun ...
25 june 2018
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari ...
22 october 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...