Rassom Tuz: «Mustaqillik bilan hech kimni tabriklamayman»
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat tarixidagi eng muhim hujjatni qabul qildirishda asosiy ishni qilgan odam «Erk» demokratik partiyasidan millat vakili Muhammad Solih edi. Boshqalarning qo‘llovini kamsitmagan holda Muhammad Solixning muhim rolini urg‘ulash lozim. Boshqalar bu hujjat ruhini ham unchalik tushunib yetmagan edi.
Masalan, deputat Karim Bahriev bu hujjatga «Sovet Ittifoqi qonunlari O‘zbekistonda ratifakatsiya qilinishi kerak» deganga o‘xshash jumlani kiritish taklifi bilan chiqdi va bu taklif qabul qilindi. Toftalogiya edi bu. Deklaratsiya SSSRdan chiqib mustaqil bo‘lishni baën qilyaptida yana SSSR qonunlari haqida ëzib uni mashrulashtirmoqda. Bu qo‘shimcha qabul qilinishiga ham Muhammad Solih astoydil qarshi bo‘lgan. Yana bir «shishirilgan» personaj bor – bu Shukrillo Mirsaidov. 1939da tug‘ilib 2012 da o‘lgan bu ziddiyatli siësiy arbob deklaratsiya qabul qilingan 1990-da Ministrlar Soveti raisi edi. Hozirgi Bosh vazirga o‘xshash lavozim. O‘sha kuni Mirsaidov deklaratsiya qabul qilinishiga qarshi chiqib: «Bu bir parcha qog‘oz» degandi.
Demak, esda saqlaymiz «deklaratsiya» tashabbuschisi Muhammad Solih. O‘sha kuni taxminan 100ga yaqin deputat bu haqda o‘zining KGBdagi kuratori va kompartiya ikkinchi kotibi Vladimir Anishchevga aynan shunday deb tushuntirish xati ëzgan. O‘zbekistondagi ikkinchi rahbar va kremlning ko‘z qulog‘i Anishchev 1990 yilda O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasiga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan rus shovinisti edi.
Qissadan hissa: Aslida deklaratsiya qabul qilingan 20 iyun – O‘zbekiston uchun ulug‘ bayram. Mushaklar otib¸ qimmat sharoblar ichib alërlar aytiladigan kun. Deklaratsiyaning asosiy tashabuschisi Muhammad Solih ham tirik. Turkiyada istiqomat qilmoqda. O‘zbekiston hukumati bu odamni ko‘zi tirikligida yo‘qlab O‘zbekiston qaxramoni ordenini bersa tarix¸ mantiq va insofga uyg‘un ish qilgan bo‘lardi….
Ammo…Ammo har kuni va har soat mustaqillik uchun jon va qon berib kurashaëtgan Ukrainaga Kremlning xoinlarcha bosqini fonida ishtoniga a qilgan boladay mulzam turgan rahbariyatni ko‘rib tilimni tishlayman. Olimidan shoirigacha, hojisidan imomigacha, cholidan kampirigacha putinparast¸ o‘risqul bo‘lgan¸ buxanka nonu tonirovka deya ëlvorib, yerlarda aptol surinayaëtgan bu taviya manqurtlar suruvini ko‘rib, bir narsa ëzishga ham iymanaman. Otini ëza olmaydigan savodsiz ammo o‘g‘ri rahbarlar, laganbardor mulozimlar¸ qashshoq va o‘g‘rilardan tarkib topgan ra'iyat 1990 yildagi deklaratsiyaga loyiq emas. Nainki deklaratsiya oddiy tonirovkaga ham¸ arzon buxanka nonga ham¸ insoniy muomalaga ham loyiq emas. Bular shu bois hech qanday ro‘shnolik ko‘rmay o‘tadi. Boshqalar qon to‘kib mustaqil qilib¸ qurib rivojlantirgan davlatlar, masalan Amerikaga borib, ular ekkan erkinlik mevasini yeyishi mumkin, xolos. Shu mevani yeb turib ham¸ oyiga o‘n minglab oylik olib ham Amerikani ëmonlab, Putinga paytava bo‘lib kuni o‘tadi bu qarg‘algan to‘daning. Bularning ëmonligi¸ bad niyati¸ ko‘rnamak va sotqinligini kunduzi quësh kechasi oy va yulduzlar ko‘rib turibdi. Erta indin bundan battar bo‘lishsa o‘z ëmonligi uchun to‘lov deb bilishsin. Hech kimni tabriklamayman.
Rassom Tuz
Telegram sahifasidan
