Ko‘zqarash
20 february 2025

Minde shaxrida uylar qulflanmaydi

Lissabondan 80 km uzoqdagi Minde degan shaxarchada qulf kalit sotadigan do‘kon bankrot bo‘ldi.
Hech kim qulf kalit olmay qo‘ydi. Uylar ham mashinalar ham deyarli qulflanmaydi.
Odam uzoq safarga ketsa kalitni eshik oldidagi polos tagiga qo‘yib ketadi. Qo‘shnilar ba'zan kirib derazani ochib uyni shamollatib turishadi¸ gullarga suv quyishadi.
Minde shaxar politsiyasi ancha vaqtdan beri o‘g‘irlik jinoyatini tekshirmay qo‘ydi. Chunki bunday jinoyat deyarli yo‘qqa chiqdi.
Mindedagi kafega kirib kofe va shirinlik oldim. Kafe terminalida kartam ishlamadi. Ënimda naqd yo‘q edi.
Kafe sotuvchisi «osh bo‘sin¸ bir safar mehmonim bo‘ldingiz¸ bu bizga sharaf» dedi. Aynan shunday dedi¸ gugl tarjima qilib ko‘rdim.
Minde ënida katta supermarket bor pingo dose degan. Shu supermarket oldida dehqonoboddan kelgan o‘zbek yigit Boltaboy Egamberdiev bir eksperement o‘tkazdi.
Boltaboy pul to‘la hamënini «bildirmay» do‘kon oldiga «tushirib qoldirdi» va o‘sha do‘kon oldidagi kafeda o‘tirib hamën sarguzashtini kuzata boshladi.
Do‘kondan chiqib ketaëtgan 50 yashar atrofidagi bir kal kishi hamënni ko‘rib uni yerdan oldi va magazinga qaytib kirib kassadagi sotuvchiga berdi. (magazinda sekurite qorovul yo‘q)
Boltaboy borib kassirga haënimni yo‘qotdim deyishi bilan sotuvchi so‘roq savolsiz hamënni berib yubordi.
«Videokuzatuvni tekshiray»¸ «seniki ekaniga daliling bormi» deb so‘ramadi ham.
Minde shaxarining shiori «odamlarning so‘ziga ishoning» degan ma'noni beradi.
Bu shunchaki shior emas balki bu shaharda yashaydiganlarning haët tarzi.
Buni dehqonobodlik Boltaboy Egamberdiev tasdiqlay oladi. Ishonmasangiz o‘zidan so‘rang.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
21 september 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi ma'muriyati Rauf Parfining 25 sentyabrga mo‘ljallangan yubileyini to‘xtatish ortidan Cho‘lpon ijodiga bag‘ishlanib Frantsiya ...
7 september 2023
Buyuk chex imprescionisti asarini chex elchisi Urganchda taqdim qildi Urganch zamonaviy san'at muzeyida Germaniyadagi “Yuzuk” tashkiloti tarafidan 20-asrdagi buyuk ...
23 may 2016
Havo isishi bilan siqilgan gazning birjadagi narxi arzonladi, biroq bu narxlarning axoliga dahli yo‘q. So‘nggi oylarda birja bozorida siqilgan ...
6 november 2023
Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” rok gruppasi kontserti qoldirildi. O‘zbekistonlik galerist Bella Sobirova, Toshkentda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...