Ko‘zqarash
9 june 2025

RASSOM TUZ: KO‘RINGANING KABI BO‘L

Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan.

«Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal bo‘lsin». Bu nima degani? Mana masalan olma. Barcha olma bir biriga o‘xshaydi. Ammo bittasi shirin, bittasi nordon. Bittasini ichi oq, ikkinchisi pushti, uchinchisi yashil. Ichi churik, qurtlagan olmalar ham bor.

Ikki oycha oldin Antaliya taraflardagi bir tog‘ qishlog‘idan pastga yuraroq tushaëtgandim moshina to‘xtadi. Ëshi kattaroq bir amaki ekan moshiniga mindirib yo‘l yo‘lakay meni shaharga tashlab qo‘ydi. Nima ish qilasan, dedi. Rassomman desam, hech rassomga o‘xshamaysan. Ko‘rinishing oddiy etchi, sutchi ëki ustadan farqi yo‘q. Bizda turk rassomlar eldan ajralib turadi. Qulog‘ida sirg‘a¸ sochlari ot dumiday va yana pamba rang shalvor kiyadi…

Men tabletimni ochib internetdagi sahifamni bu turk amakiga ko‘rsatdim.

Erishgan yutuqlarim, biografiya va asarlarim haqida ingliz tilidagi saytni ko‘rgan bu tog‘a boshini chayqab, «bizlarni eski boylar shunday edi, oddiy odam kabi kiyinib yurar, ammo hisobida millionlari bor edi»

Rassomning illo eldan ayniqsa bo‘lib yursin degan aniq qoida qurol yo‘q. Syurrealizm otalaridan biri mashxur rassom Rene Magrit (René Magritte) oddiy davlat xizmatchisi ëki sug‘urta agenti kabi kiyingan. Ko‘chada uni ko‘rgan odam rassom deb o‘ylamagan. Lekin u yaratgan asarlar o‘z g‘ayritabiiyligi bilan kishilikni lol qilishda davom etmoqda. Har yiltiragan narsa javohir bo‘lmagani kabi ko‘rimsiz ko‘ringan narsa ham qiymatdan mosuvo emas.

Xunuk qizlar aytadiku, «meni tashqi ko‘rinishim irkit bo‘lgani bilan ichki ko‘rnishim go‘zal» deb. Endi qizlar temasi bu alohida mavzu. Hozircha shu. (Ilovadagi rasmda Magrit tog‘ani o‘zi va u kishi chizgan yashil olma rasmi.)

Tag‘in o‘qing
10 april 2017
Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi ëzuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. ...
25 december 2017
Prezidentning parlamentga murojaatini tahlil qilganda, u shu vaqtgacha saroy ichi va atrofida kechgan hokimiyat o‘yinlari haqida to‘liqroq tasavvurga ega ...
29 july 2019
Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘tardi. Poytaxtdan zudlik bilan yetib ...
21 october 2025
Azizlar yaxshi niyat bilan ëstiqday kitob chig‘orish uchun urinib ëtibman. Shu kitob ichiga kiradigan hikoyalardan birini bugun ëzdim. Bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...