Ko‘zqarash
13 november 2025

Savol: «Tuz og‘a siz  qaysi hayvonga o‘xshaysiz?»

Bu savoldan oldin  jaxlim chiqdi. Meni taniganlar biladi. Odamga o‘xshagan odamman. Keyin  o‘ylandim. Kecha janubiy Yevropadagi qishloq yo‘lidan yuraëtsam oldimdan tulki kesib o‘tdi. Oltin rang tulki. O‘zimni tulkiga o‘xshatmagan bo‘lardim. AQShda men qo‘llab quvvatlaydigan demokratik partiya timsoli eshak. Har xolda o‘zimni eshak deb ham o‘ylamayman.  Ëshligimda Sharik degan itim bor edi. Sariq it. Kuchukligida olib kelib boqqanman. Keksayib o‘lganida men institutni bitirib kelib raxbar lavozimida ishlaëtgandim.  Shu itni yaxshi ko‘rardim. Lekin o‘zimni it deb tasavvur qila olmayman.1994 yil Urganchda TV ochganimda nomini «Oq bo‘ri» deb qo‘ygandim. Aytmatovning «Plaxa» asaridan ta'sirlanib. Qolaversa men tug‘ilgan shahar Urganch nomi bo‘ri degan so‘zni anglatadi. Eski Xorazm tilida gurg so‘zi bo‘rini bildirgan. Gurganch esa ona  bo‘ri degan  mazmun tashigan. Italiyada ham ona bo‘ri Rim timsoli. Xullas mana javob.

Men bo‘ynidan bog‘langan va suyak bergan egasi bor it emasman. Har kim ustiga minib qorniga niqtab yo‘rg‘alatadigan eshak ham emasman. 

Men bo‘riman. Hamma qo‘rqadigan¸ qo‘lga o‘rganmaydigan o‘rmon mansubi. 

Muzliklarda to‘ngmaydigan oq bo‘ri.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
9 december 2025
Bu juda hayratlanarli! Uitkoff va Kushner Zelenskiydan telefon orqali «Donbassni topshirish»ga rozi bo‘lishni talab qilishgan. Axios ma'lumotlariga ko‘ra, amerikaliklarning ...
1 october 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
3 september 2020
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir o‘rinbosari bo‘lgani haqida deyarli barcha o‘zbek internet saytlari yozdi. Lekin bu xabarning o‘zbek ...
2 february 2021
«Eltuz» shoir va muxolifatchi Muhammad Solihning yangi badiiy asari, falsafiy esse formatida yozilgan – «Imperativ» kitobining audioversiyasini taqdim qiladi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...