Ko‘zqarash
14 november 2025

Amishlar Kim?

Shovotliklar «emish» ya'ni ona emchagini emish so‘zini «amish» deb ishlatadi. AQShda esa «amishlar» – bu diniy e'tiqod bois yuz yillar oldin Germaniyadan qochib kelgan sekta. Amishlar o‘z «saodat asrini» Amriqo o‘rmonlarida qurib, «o‘z shariatiga» rioya qilib, telefon, internet kabi tamaddun mevalaridan al hazar qilib, yashaëtan patriarxal jamoa. Gapning qisqasi dunëdagi qanday cho‘pchak mansublari bo‘lsa, bariga Amerika ona kabi bag‘rini ochib, emchak bergan.

Sigirga topinadigan hindilar, soch-soqolini olmaydigan sikxlar, rohinjayu o‘sha rohinjalarni o‘z yurtida o‘ldirib lazzat oladigan norinj kiyimli buddoviy rohiblar, rasmga tushish va shanba kuni ishlashni makruh deb bilagan kokilli yahudiylar, jahon podshohligini va'da qilgan loxotron cherkovlarning bari Amriqoda. Shu mardumlar qatorida xaëlida IShID formatini orzu qilgan bizning g‘ofillar ham beozor qumrilar kabi rizq terib yuribdi. Amish va Amerika so‘zi boshidagi ikki harf o‘xshash bo‘lsa ham, haët tafriqalarga to‘la.

@uzrassomtuz

Tag‘in o‘qing
30 january 2026
1938 yil 30 yanvar O‘zbekistonni  yigirma yetti yildan ortiq boshqargan Islom Abdug‘anievich Karimov tug‘ilgan kun. Islom Karimov shaxsi va ...
5 september 2017
5 sentyabrdan O‘zbekistonda konvertatsiya e'lon qilinib, AQSh dollari erkin savdoga chiqarildi. Eltuz nashri muxbiri Toshkentdagi bir qancha shoxobchalarda valyuta ...
29 october 2019
Joriy yilning oktyabridan O‘zbekiston maktablaridagi darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashi bilan boshlanadigan bo‘ldi. Bu haqda 25 oktyabr kuni Xalq ta'limi ...
6 october 2025
Germaniya. Doimiy yashash uchun emas, vaqtincha ishlash uchun kelganlarga ham nemis tilini B2 darajada bilish majburiy. O‘rismi, o‘zbekmi, ukrainmi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...