Kundalik
31 october 2015

Pul daraxtiga sig‘inadigan qavm

Shuhrat Bobojon
Eltuz.com

Shoh Bobur o‘z ona vatani haqida ëzar ekan “Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas,” deya tasnif beradi.

Asli zarafshonlik bir jurnalist do‘stimning aytishicha, poliz boshida qovun-tarvuz sotmaslik udumi hanuz bor:

Dalvarzinda poliz boshida 18 ta tarvuz tanladim. Har biri qulochga sig‘mas botmondek ulkan tarvuzlar edi. Pul chiqarsam olmadi. Poliz boshida savdo-sotiq yo‘q hali biz taraflarda¸ deydi ëshi qirqdan o‘tgan bu do‘stimiz.

Qarangki, bu udum baynalmilal ekan.

Masalan, men yashaëtgan Chexiyada ham bor ekan bundayin odat.

Gilos hikoyasi

Iftor paytida Praga masjidida stolga gilos tortildi.

Yirik-yirik ëqutdek giloslar ro‘zador o‘zbek muhojirlari dasturxoniga Chexiya bog‘laridan terib keltirilgan edi.

Stolda o‘tirgan kosonlik tojiklardan biri “Pragada yashab gilosga to‘yib ketdik,” deb qoldi.

Praga atrofidagi omborlardan birida ishlovchi bu eldoshimiz¸ yo‘l chetida o‘sgan giloslarni yer bilan bir bo‘lib ëtganini ko‘rib, terib olishga azm qilganini gapirdi:

Bir chelakni to‘ldirib terib oldim¸ gilos o‘sib turgan uyning egasi chiqib menga kulib qarab: “Olaver, osh bo‘lsin,” deydi. Pul beraymi, desam¸ qanaqa pul, deb kuladi.

O‘zbekistonlik muhojir o‘z yurtida gilos “pul daraxti” degan mavqeda bo‘lganini aytadi:

O‘zbekistonda devordan gilosning bir butog‘ini ko‘rib, havas bilan qo‘l uzatsam¸ egasi miltiq ko‘tarib chiqdi. Gilos egasi “pul daraxti bu¸ tirikchilik shundan o‘tadi,” deb meni haydab soldi.

Qahhorning “Anor” hikoyasida boshqorong‘i bo‘lgan xotini uchun anor o‘g‘irlagan bechoraning ko‘rgiligi aks etadi.

Nahot bu elda bir aëlmand bechoraga ikkita anor sovg‘a qiladigan bog‘bon yo‘q bo‘lgan?

Tog‘am novvoy – pul bersam non beradi, degan maqol ham shu elniki-ku.

Pul bermagan jiyanga novvoy tog‘a non bermaydi.

Buning barobarida tog‘a ëki boboning puliga ko‘z tikaëtgan «parazit» qarindoshlar ham ko‘paygan.

Kap-katta odamlar qimorda yutqizib “Boboy bilan momoyni pensiyasi chiqqanda qaytaraman,” deb o‘tirishadi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 14 yashar qizcha 76 yashar bobosini pul bermagani uchun bolta bilan chopib o‘ldirdi.

Bosh prokuratura voiziga ko‘ra, o‘zbek er-xotin pul uchun 186 ta keksa ayolni o‘ldirgan.

Yana bir o‘zbek er xotin esa Istanbulga borib ikki keksa nafaqaxo‘rni o‘ldirib pulini o‘marishdi.

Maqsad pulga ega bo‘lish.

Vosita ikkilamchi.

Pulchambar

rasm455O‘zbek hofizlari puldan to‘n kiyishga ishqiboz.

Prokurorning qarindoshi to‘y qilsa, bo‘yniga dollardan pulchambar osish urf bo‘libdi.

Pul jigardan bo‘lgan, deydi Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek xofizlaridan biri¸ Isroilda bergan kontseertida ustidan sochilgan pullarni ko‘ziga surtgan videosi tarqalgan qo‘shiqchi.
Bunday hikoyalar ko‘p, deydi Pragadagi oliy o‘quv yurtlaridan birida dars beradigan mudarris o‘zbek:

O‘zbeklar borgan sari pul daraxtiga sig‘inadigan qavmga aylanmoqda. Barcha birdek abgor. Mirziëevni ëmon deysizlar¸ to‘g‘ri u ëmon. Ammo o‘qituvchilarning oyligidan urib qolaëtgan kollej direktori ëmon emasmi. Ëki Toshkentdagi oliygohlardan birida ishlaydigan domla bir oy davomida har kuni dekanning eshigiga uyat gap ëzib ketgani aks etgan video tarqaldi. Institut deb atalgan pul daraxtining bir butog‘iga ega bo‘lgan odamga hasad qilish emasmi bu?!
Yana bog‘u-bo‘ston mavzusiga qaytamiz.

Moskvadagi meva bozori.

Uyum-uyum mevalar ortida quyuq qoshini uyub o‘tirgan o‘zbek o‘z qavmdoshini ko‘rar ko‘rmay battar qovog‘ini uyadi.

«Yeb ko‘rish yo‘q. Puling bo‘lsa ol, bo‘lmasa idi na x..,» deydi Moskvagacha yetib borgan mirishkor o‘z eldoshiga.

Bu mirishkor ertalab ilk xaridordan olgan pulini oldin ko‘ziga keyin prilavkaga surtadi.

Irimi shunaqa ekan.

Tag‘in o‘qing
12 april 2015
Sizga aeroportda yoki o‘zbek chegarasining boshqa qismida deklaratsiyalar to‘ldirishga to‘g‘ri kelganmi? – deya savol beradi jurnalist Qudrat Bobojonov. To‘g‘ri, ...
28 october 2025
2025 yil iyul oyida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan pora bilan ushlangan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘taev ...
25 october 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 10-qismida muxbir undan o‘z ota-bobolari tarixi haqida so‘raydi. Video: ...
29 november 2021
Shvetsiya bosh vaziri o‘z mamlakatida xizmat mashinasiga ega yagona siësatchi. Qolgan mulozimlar ishga o‘z mashinasi, velosipedi ëki tramvayda boradi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...