Kundalik
2 april 2016

Ta'lim vazirligidagi korruptsionerlar bitta daftardan qancha foyda qilishadi?

Faqat e'tibor berib, Xalq ta'limi vazirligining 2016-2017 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar va kasalligi tufayli yakka tartibda uyda ta'lim olayotgan bolalar uchun o‘quv qurollari xarid qilish uchun ochiq tender savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e'lonini o‘qiganingizdan keyin ko‘nglingiz bir narsani sezgandek bo‘ladi.

E'tiboringizni 12 varaqli oddiy daftar uchun belgilangan narx tortishi mumkin. Chunki agar boshlang‘ich sinfga boradigan farzandingiz uchun bunday daftarni oddiy kantselyariya do‘konidan donabay, ya'ni chakana narxda 250 so‘mdan xarid qilayotganingiz (bunda naqd yoki plastik kartochkadan to‘lashingiz mumkin) esga tushadi-yu, keyin vazirlik qariyb 8 million daftar uchun eng yuqori xarid narxi sifatida nega 350 so‘m belgiladi ekan, deb o‘ylanib qolasiz.

Chunki buncha daftar xarid qilayotganda narx yana anchagina pasayishi, masalan, 200 so‘mga tushishini savdogarlar yaxshi biladi. O‘sha ulgurji sotayotganlar ham qo‘shimcha qiymat solig‘i, joy puli, daromad solig‘i va hokazolarni qo‘shib shuncha narx belgilaydi.

Albatta, vazirlik daftarni 200 so‘mdan ham sotib olishi mumkin. Lekin eng yuqori narx 350 so‘m belgilangani, bu esa korruptsiya uchun keng maydon ekanini tushunadigan odamga bu yerda 10 so‘m ham millionlar uchun zamin yaratishini anglab yetganidan keyin, xohlaysizmi-yo‘qmi, orada millionlab so‘m o‘ynayapti, deb fikr yuritishiga asos bo‘ladi.

Deylik, vazirlik 7 862 058 ta daftar uchun 350 so‘mdan maksimum 2 milliard 751 million so‘mdan ortiq mablag‘ni mo‘ljallayapti. Bozordagi narxini taxminan 200 so‘m deb hisoblagan taqdirimizda ham buncha daftar 1,5 milliard so‘mdan sal oshadi. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchining o‘zidan oladigan taqdirda bu narx ancha arzonlashishi mumkin.

Biz bu raqamlarni oddiy xaridor sifatida hisob-kitob qildik. Shunda ham orada milliard so‘mdan ortiq mablag‘ «o‘ynayapti». Agar uning yoniga vazirlik sotib olmoqchi bo‘lgan millionlab akvarel, plastilin, rangli qalam, penal, rasm daftari, rangli qog‘oz to‘plami, sharikli ruchka, yelim, sumkalarni ham qo‘shsangiz (albatta, bozordagidan ancha baland narxda), orada millionlab so‘m pul kimlarningdir cho‘ntagidan joy oladi, degan to‘xtamga kelasiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 december 2022
(Nullum crimen, nulla poena sine lege) Davlatning kuch ishlatar tizimlari qarshisida shaxsning qadr qadr-qimmatini muhofaza qilishning eng muhim vositasi ...
29 october 2016
Ismi va tumani sir tutilgan Farg‘ona viloyati tumanlaridan birining mutaxassisi Eltuz.com muxbiriga Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan arizalar bo‘yicha ...
17 february 2020
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga fevral oyi boshida bo‘lishi rejalashtirilgan, ancha ovoza qilingan davlat tashrifi joriy yil iyun oyining ...
9 february 2025
Aziz do‘stlarim, 2015 yildan beri meni tinglab tomosha qilgan muxlislar, Eltuz xabar va kontentlari kuniga yaragan mushtariylar.  2015 yildan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...