Dayjest
28 april 2016

Prezidentning ma'ruzasi hamon dunyoning «aqlini shoshirmoqda»

«XXI asr» gazetasi O‘zbekiston prezidentining Vazirlar Mahkamasining 2015 yil yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma'ruzasiga xorijiy ekspertlar bildirgan fikrlar alohida kitob holida chop etilganini ma'lum qildi.

Gazetada bildirilishicha, jahon miqyosidagi ko‘plab nufuzli kompaniya va tashkilotlar, jumladan, Jahon banki, Yevropa Ittifoqining Energetika xartiyasi, Germaniya, Janubiy Koreya, AQSh, Yaponiya va boshqa bir qancha davlatlarning mashhur kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dastur yo‘nalishlari va istiqbollariga munosib baho bergan.

Eng qizig‘i, shu paytgacha prezident ma'ruzasining o‘zini chuqur o‘rganishdan bo‘shamayotgan O‘zLiDeP partiyasi endi yuqorida tilga olingan to‘plamning mazmun-mohiyatini partiya ijroiya qo‘mitasi va Qonunchilik palatasidagi fraktsiya a'zolari bilan qo‘shma majlisda atroflicha muhokama qilibdi.

Ma'ruzaning o‘zini-ku mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergani uchun o‘rganish va keyin amaliyotga tatbiq etishda mantiq bordik.

Lekin butun boshli partiya rahbariyati unga bildirilgan fikrlarni o‘rganish uchun shuncha katta majlis chaqirganining nima foydasi bor?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 march 2019
G‘ayrat Bobojonov 50 ëshda. Shundan 25 yilini jurnalistikaga bag‘ishladi. Jurnalistik faoliyatini O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil telekanalda 1994 yili boshlagan ...
15 march 2023
O‘zbekiston kalimasini tarixga kirgizib, bu davlatning ilk rahbari bo‘lgan Xo‘jaev siymosini tarixdan o‘chirishga urinish keyingi yillarda izchil tus olgani ...
3 october 2019
«Toshkentga yurish» qilgani uchun qamalgan 56 yashar shoir Mahmud Rajab o‘n kunlik hibsdan so‘ng 3 oktyabr kuni mahalliy vaqt ...
20 may 2020
Tadbirkor Jasur Abdurahmonov 14 may kuni mahalliy nashrga bergan intervyusida, «Gulnora Karimovaning turmush qurish taklifini rad etganim sabab bosim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...